Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet68/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

a, o, u ä, ö,ü 
Hozirgi o‘zbek tili bundan mustasno, ya’ni old qator unlilar o‘zaro farqlanmaydi.5
Turkiy tillarda singarmonizm. Turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘g‘in (yoki bo‘g‘inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra moslashuvidir. A.M. Sherbak ta’kidlaganidek, bir bo‘g‘inli so‘zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo‘g‘inga muvofiqlashadi. Masalan,bar -gan -lar, kol-ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari),yüksältmäk (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo‘lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo‘ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi. Palatal yoki tanglay singarmonizmi qadimiy bo‘lib, turkiy bobo til davriga oiddir.
Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan hozirgi uyg‘ur tilida singarmonizmning boshqa ko‘rinishi ham mavjud. Bu tilning o‘ziga xos xususiyati asl turkiy bir bo‘g‘inli so‘zlarda (ba’zan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda ham) keyingi bo‘g‘indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo‘g‘indagi keng a unlisi torayadi va e tovushiga o‘tadi: baš-beši, bala-belesi. Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg‘ur tilidan tashqari, o‘zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: belik “baliq”, jeyim “joyim”, temiŋ “toming”, yeŋi “yangi”.
O‘zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, ba’zan bir turkiy til doirasida ham, bir xil bo‘lavermaydi: ayni bir so‘zning birinchi bo‘g‘inida bir turkiy tilda yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda ( shevada ) orqa qator unlisi kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada singarmonistik variantlar deb yuritiladi. Masalan, qadimgi uyg‘. turna - tirna, qirg‘.čomul - čömül, qoz. šay-šäy, ozarb. okuz-öküz.
Turkiy tillarda dastlabki bo‘g‘indagi unlilarning lablanishi natijasida keyingi bo‘g‘indagi unlilar ham lablanadi: qirg‘. köllärdä, alt. kalda, yoq.qorobun “ko‘ryapman”; turuoxput “turamiz”, oğolar “bolalar”, qirg‘. quldor “qo‘llar”, turk. kolu “qo‘li” .Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo‘lishida labning ishtirokiga asoslanadi: o, ö, u, ü unlilari lablangan, a, a, ı, i, unlilari lablanmagan unlilardir. Labial singarmonizm, ayniqsa, qirg‘iz tilida yaqqol ifodalanadi: duioloro “tuyalarga”, oglonloro “o‘g‘illarga”, qopoloq “kapalak”, tundo “tunda”, koldorunuzdun “qo‘llaringizdan”. Singarmonizmning bu turi o‘g‘uz va qipchoq guruhiga mansub tillarda keng tarqalgan bo‘lib, o‘zbek va xakas tillarida kam kuzatiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm sezilmas darajaga kelib qolgan. Bu hodisa ayrim so‘zlar tarkibidagina saqlangan. O‘zbek adabiy tilida singarmonizmning buzilishi, birinchi navbatda, o‘zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida yuz berdi. Buni boshqa turkiy tillardagi singarmonizm qonuniyatiga bo‘ysunmaydigan affikslar, singarmonistik variantlarning mavjudligi ham tasdiqlaydi. O‘zbek adabiy tilidagi singarmonizmning kuchsizlanishida sug‘d, xorazmiy, saq va fors-tojik kabi sharqiy eroniy tillar hamda arab tilining ta’siri katta bo‘ldi. Bu tillar ta’siri natijasida turkiy til (eski o‘zbek tili) fonetikasi, leksikasi, grammatikasida ayrim o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Turkiy tillarga oid fonetik xususiyatlar bobo til davridagi unlilar uyg‘unligi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Keyingi bo‘g‘inlar sifati birinchi bo‘g‘inlar sifatiga moslashgan. So‘zlarda, asos ( boğinlarda) va qo‘shimchalarda faqat orqa qator (tog‘larda) yoki faqat old qator unlilari ishtirok etgan ( köllerde).
Singarmonizm yoki garmoniya chuvash tili vokalizmining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Singarmonizm unli tovushlarning progressiv assimilyatsiyasiga asoslanadi va birinchi bo‘g‘indagi jarangli tovush so‘zda hukmron bo‘ladi. Keyingi bo‘g‘inlarning unlilari unga bog‘lanadi va shu tufayli har bir so‘zda alohida bir kategoriyali unli bo‘ladi. Shuningdek, oldingi va orqa qatordagi barcha tovushlar ham bir xil sifatga ega unli bo‘lishi mumkin. Shu asosda unlilar orqa qatorda bo‘lsa, affikslarda ham xuddi shunday reallashadi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Masalan, ayan “ayb”, ayapan, ayappa, ayaplat “ayblash”, ayaplakan “ayblovchi”, ayaplanakan “ayblanuvchi” va boshqalar.
Ayrim turkiy adabiy tillarda singarmonizm o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda. Rus va boshqa tillardan kirib kelgan yangi so‘zlar yordamida morfologik shakl tuzilganda singarmonizmga rioya qilinmaydi. Agar XX asr boshlariga qadar tilda singarmonizmning buzilishi 18-23 % bo‘lsa, keyingi davrda bu holat nisbatan ko‘proq foizni tashkil etadi.
Turkiy tillar orasida unlilar mosligi ham mavjud. Tovush mosligi deganda bir tildagi biror tovushga ikkinchi qardosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi. Masalan o‘zbek tilidagi e tovushiga tatar tilida i tovushi mos keladi : kel // kil, et //it, bet //bit kabi; o‘zbek tilidagi e tovushiga ozarbayjon tilidagi a tovushi mos keladi: men //man, kel //gal, ellik// alli va h.k.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling