Filologiya fanlari blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi


Download 152.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana20.11.2023
Hajmi152.08 Kb.
#1788115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-sinf-Chet-tillar

Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, 
gapirish, o‘qish va yozish)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning 
chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan 
mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetensiyasi (layoqati)dir. Nutq malakalari til 
materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va takomillashadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish 
nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni 



ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda 
ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim standartiga 
muvofiq tarzda alohida berildi. 
Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini o‘z ichiga 
oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi 
tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida 
foydalanish zarur.
Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini 
ifodalaydi. 
Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, 
yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi 
affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga 
bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi. 
Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik 
minimumdagi tovush-fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf 
birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan 
hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar egallaydigan 1500ta 
leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar.
Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy 
hodisaga qoida-umumlashma) va qisman deduktiv (o‘qish va tinglashda uchraydigan 
grammatik hodisalarga oid algoritmik qoida berish) uslublarida amalga oshiriladi. 
Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra 
(o‘quvchining ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan grammatik tajribasini hisobga 
olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar 
taqdimoti tartibini nazarga olib) tanlanadi va ularga maxsus mashqlar beriladi. 

Download 152.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling