Filologiya fanlari blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi
Download 152.08 Kb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Chet-tillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til materiali
Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish,
gapirish, o‘qish va yozish)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetensiyasi (layoqati)dir. Nutq malakalari til materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va takomillashadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni 8 ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda alohida berildi. Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini ifodalaydi. Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi. Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik minimumdagi tovush-fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar egallaydigan 1500ta leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar. Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy hodisaga qoida-umumlashma) va qisman deduktiv (o‘qish va tinglashda uchraydigan grammatik hodisalarga oid algoritmik qoida berish) uslublarida amalga oshiriladi. Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra (o‘quvchining ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan grammatik tajribasini hisobga olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar taqdimoti tartibini nazarga olib) tanlanadi va ularga maxsus mashqlar beriladi. Download 152.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling