9
IX sinfga kelib o‘quvchilar ikki turdagi tarjima malakalarini egallaydilar.
Birinchisi – qisqa matnlarni chet tildan ona tiliga yozma tarjima qilish. Ikkinchisi –
chet tildagi yangi leksik birlikning ma’nosini ochishda,
boshqa usullar qatorida,
tarjimadan ham foydalanish.
Chet til o‘qitishdagi amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar
va nutq malakalariga qo‘yiladigan talablar dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda
amalga oshiriladi.
Ikkinchi (A2, A2+) darajaning har bir sinfi oxirida o‘quvchilar
quyidagi
malakalarni egallagan bo‘lishlari kerak:
A2/A2+/2 (VII sinf)
Tinglab tushunish
A2
– qishloq va shahar (manzil), sog‘liq, sport, kiyim-bosh va bo‘sh
vaqtdan unumli
foydalanish kabi mavzulardagi matnlarni tinglab tushuna olish;
– o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni yorituvchi hikoyalardan parchalar,
qisqa
tasviriy hikoyalarni tinglab tushuna olish.
– ayrim notanish so‘zlarni o‘z ichiga olgan matnlarni tinglab tushuna olish;
– mavzu doirasidagi matndan batafsil ma’lumot olish uchun tinglash;
–berilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
Do'stlaringiz bilan baham: