Filologiya fanlari blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi


Download 152.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana20.11.2023
Hajmi152.08 Kb.
#1788115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-sinf-Chet-tillar

CHET TIL O‘QITISH MAZMUNI 
Chet til o‘qitish sharoiti va maqsadiga ko‘ra, madaniyatlararo muloqotdosh 
(kommunikant) va axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirish yo‘lida o‘qitish 
mazmuni maxsus tanlanadi va u chet tilda kommunikativ kompetentsiyani egallashda 
asosiy ta’limiy obyekt hisoblanadi. O‘qitish mazmunida ikki jihat kuzatiladi: nimani 
o‘rganish va nima qilishni o‘rganish. Birinchisi o‘quv materiali va ikkinchisi o‘quv 
jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiali dasturdan o‘rin oladi. Ikkinchisi 
ko‘nikma va malakalarga mansub kommunikativ kompetentsiyani hosil qilish 
jarayoni bo‘lganligi tufayli dasturda ularga tegishli talablar sanab o‘tiladi. Nutq 
faoliyati doirasi dasturiy mavzular bilan belgilanadi. Yaratilgan (gapirish, yozuvda) 
va o‘zga shaxs sodir etgan (tinglab tushunish va o‘qishda) diskurs dasturdan o‘rin 
olgan mavzularga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Chet til o‘qitish mazmuni o‘qitish maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, u 
odatda maqsad mazmunini belgilaydi. Mazmun ta’lim chog‘ida o‘zlashtiriladigan 
metodik tushuncha yoki kategoriya bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsadni aks 
ettiradi. O‘qitish mazmuniga nutqiy mavzular, malaka va ko‘nikmalar hamda til 
materiali kiradi. Ushbu uchta tarkibiy qism chet tilni o‘rganishda yaxlit 
o‘zlashtirishni taqozo qiladi. 
Nutq mavzulari o‘qitish maqsadlariga asoslanib tanlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va «Tili 
o‘rganiladigan mamlakatlar» kabi mavzular asosiy nutq mavzulari hisoblanadi. 
O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda sportga oid 
matnlar tanlanadi. 
Tanlab olingan mavzu va unga oid matnlar o‘quvchilarning yoshi hamda 
qiziqishlariga mos kelishi kerak. 
Mazkur dasturda o‘quvchilar yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda 
mavzular jadvallarda sinflar bo‘yicha alohida berildi. Jadvalda sinflar bo‘yicha 
taqsimlangan asosiy mavzular miqdori darslikda shu miqdordagi bo‘limlar bo‘lishi 
kerak degan ma’noni anglatmaydi. Asosiy mavzular tarkibidagi kichik mavzular ham 
til materiali hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim bo‘lishi mumkin.

Download 152.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling