Filologiya va tillarni o’qitish: Guruh : 202 Talaba: Jumayeva Rushana sergeyevna


Download 23.86 Kb.
bet1/9
Sana02.12.2023
Hajmi23.86 Kb.
#1780543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
850306.pptx

filologiya va tillarni o’qitish: Guruh : 202

Talaba: Jumayeva Rushana sergeyevna

Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”ni o‘rganishning yetakchi masalalari. Folklor ma'naviy tarbiyaning poydevori. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san'ati sifatida. Qadimgi davr folklori. Mif, afsona, rivoyat, naql. Mavsumiy va Oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati. Xalq qo`shiqlari. Mehnat qo‘shiqlari va termalar. Lirik qo‘shiqlar

  • Reja:
    • Mustaqillik davrida xalq og‘zaki ijodini o‘rganish masalalari, folklor ma'naviy tarbiya asoslaridan biri.
    • Folklor atamasi , folklor – sinkretik ijod.
    • Folklor – so‘z san'ati sifatida.
    • Mif, totem, fetish, anim tushunchalari, “sav” atamasi haqida.
    • Miflarning turlari.
    • Afsona, rivoyat, naql janrlari.
    • Marosim folklor va uning turlari.
    • Mavsumiy marosimlar.
    • Oilaviy marosimlar.

1. Mustaqillik davrida xalq og‘zaki ijodini o‘rganish masalalari

  • O‘zbekistonning Mustaqil Respublika deb e’lon qilinishi xalqimizning o‘nlab yillar davomida intiqlik bilan kutgan orzusi edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz o‘tmish qadriyatlarni qaytadan tiklash, odamlar qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo‘l ochish siyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ularning kashfiyotlari haqidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-rusumlar ham tilga olina boshlandi.
  • Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasadi. Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asaridagi “Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb atalgan bo‘limida: “O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi”, - deyilgan. “Bu negizlar:
    • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
    • xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
    • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
    • vatanparvarlik” – deb belgilab qo‘yilgan.
  • Yuqorida qayd etilgan to‘rt negizning har biri yo bevosita, yo bavosita xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy boyligi – pand, o‘gitlari, el-yurt qadrini e'zozlash, millatimiz g‘ururini himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi.
  • Sobiq sho‘ro tuzumi sharoitida turli ta'qiqlarga uchragan Navro‘z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarning asl qadri tiklandi. Navro‘zni umumxalq bayrami sifatida tantana qilish an'anasi joriy bo‘ldi. 1999-yil 9-noyabr kuni esa “Alpomish”ning ming yillik to‘yi nishonlandi. Bu tantanada so‘zga chiqqan yurtboshimiz Islom Karimov dostonning millatimiz g‘ururini tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ehtirosli so‘zlar bilan izhor etdi:

Download 23.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling