Filologiya va tillarni
-mashqdagi gaplar har bir guruhga bo‘lib beriladi
Download 39.75 Kb.
|
dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash
- Uyga vazifa berish.
146-mashqdagi gaplar har bir guruhga bo‘lib beriladi:
“Sintaksis” guruhiga 1,2,3-gaplar; “Morfologiya” guruhiga 4,5,6-gaplar; “Punktuatsiya” guruhiga 6,7,8-gaplar. Gaplarni yozish va sinf doskasida ko‘rsatib berish topshiriladi. Barcha guruhlarning ishlari slayd yordamida tekshiriladi. 1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini. (Sifat) 2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. (Sifatdosh) 3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. (Sifatdosh) 4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi. (Ot) 5. Yalqov bilan anqov- dushman uchun katta yov. (Sifat) 6. Kamtarlik kishiga zebu ziynatdir.(Ot) 7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand. (Sifat) 8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.(Taqlid so‘z) Mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu “Zig-zag” metodi yordamida mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning joylashish o‘rinlariga qarab zig-zag ko‘rinishida ega ishtirok etgan gap va ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangani aytiladi. Bexato va chiroyli gap tuzgan guruh o‘quvchilari rag‘batlantirib boriladi. O‘quvchilarga gap tuzish jarayonida gapning mazmuni shukronalik, vatanparvarlik, ona, do‘stlik haqida bo‘lishiga e’tibor berishlari alohida ta’kidlanadi. Dars so‘ngida guruhlarning baholari hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga “Eng faol o‘quvchi”, “Eng chiroyli husnixat egasi”, “Eng chaqqon o‘quvchi”, “Eng chiroyli gap egasi”, “Eng tartibli o‘quvchi”, “Eng bilimdon o‘quvchi” kabi nominatsiyalar beriladi. Uyga vazifa berish. 147-mashq uyga vazifa sifatida beriladi va bajarish tartibi haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Download 39.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling