Filologiyadagi Psixologiya Annotatsiya: ushbu maqola òrganish abyekti inson nutqi bòlgan Psixolingvistikaning mohiyati haqida bòlib, bu soha qanday tadqiqotlar olib borishi, uning asl mohiyati nimada ekanligi Sh


Download 174.43 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi174.43 Kb.
#1492430
Bog'liq
maqola





,

Filologiyadagi Psixologiya


Annotatsiya: ushbu maqola òrganish abyekti inson nutqi bòlgan Psixolingvistikaning mohiyati haqida bòlib, bu soha qanday tadqiqotlar olib borishi, uning asl mohiyati nimada ekanligi Sh. Usmonovaning "Psixolingvistika" kitobidagi ma'lumotlarga tayangan holda yoritilgan.


Insoniyat bashariyatning eng mukammal asaridir. Ba'zan uning ko'zida yosh ko'ramiz, ba'zida esa tabassum. Inson òzini baxtli his etganda yoki kulgili vaziyatlarda tabassum qilishi hech kimga sir emas. Biroq ko'z yoshning tòkilishiga ko'plab vajlar keltirish mumkin. Ba'zi insonlar òzlarini juda ham baxtli his etganlaridan, ba'zilar esa ròzĝor deb atalmish tubsiz ĝorning hech oxiriga yetolmaganliklaridan, yana boshqa bir toifadagi shaxslar yaqin insonlarni so'nggi manzilga kuzatganlari uchun kòz yosh tòkishadi. Ammo juda kòp hollarda aytilgan qilich kabi keskir va zaharxanda sòzlar inson qalbiga chidab bo'lmas oĝriq, hech unutib bòlmas xunuk xotiralar beradi. Bundan anglashiladiki, sòzda jon bor. Sòzda ruhga yetuvchi darmon va shu bilan birga, yurakga yetguvchi oĝriq bor. Ushbu fikrlarni keltirish bilan nimaga ishora qilyotganimni ajab emaski, ko'plar taxmin etgan bòlsa. Men ushbu maqolamda psixolingvistika deb ataluvchi tilshunoslik sohasini haminqadar yoritishga intildim. Ushbu soha inson nutqini taftish etmoq bilan xarakterlanadi. Bilamizki, inson nutqi uning tarbiyasi, madaniyatini qay darajada ekanligini belgilovchi muhim omillardan biri sanaladi. Ikki inson òrtasidagi kommunikatsiya jarayonida fikrni tògri, òrinli, vaziyat va sharoit talabidan kelib chiqqan holda yetkazish va 2-shaxs tomonidan fikrni kòzlangan maqsadga muvofiq tarzda qabul qilinishida nutq juda muhimdir. Ushbu fan psixologik fanlar qatorida turishini fan asoschisi Leontev ta'kidlab òtgan. Psixolingvistikani tòliqroq talqin etishdan avval Psixologiya òzi aslida nima degan savolga oydinlik kiritish òrinli bòladi, albatta. Psixologiya bu inson individlari, ya'ni insonga xos uni boshqalardan ajratib turuvchi jihatlari, qirralarining reallashishi ya'ni yuzaga chiqishi, shakllanishi, psixik, ruhiy ifodasini topishidir. Qisqa qilib aytganda, inson ongidagi fikr, tuyĝu, atrofdagi hodisalarga reaktsiyasining yuzaga chiqishi, shakllanishi psixologiyaning asosi sanaladi. Nutq, sòz, muloqot esa ushbu ruhiy shakllanishi, rivojlanish paytida bevosita ishtirok etadi. Biz barchamiz, kundalik turmushda, odamlar orasida, yaqinlar davrasida, auditoriyada, umuman olganda keng jamoatchilik òrtasida òzimiz bilmagan holda sòz orqali insonlar ruhiyatiga salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatamiz. Bizning psixologiyamiz, ongimiz, tafakkurimiz qay darajada ekanligi, bizning muloqot jarayonidagi momila madaniyatimizda, nutqimizda òz aksini topgan bòladi. Aynan manashu muloqot, nutq biz bilgan lingvistika va bilishga urinayotgan Psixologiya fanlarining har ikkisiga ham òrganish abyekti bòlib hizmat qiladi. Bu ikki fanni birlashtirib turgan muhum omil ham aynan nutqdir. Leontev ham manashu jihatini hisobga olgan holda psixolingvistika deb ataluvchi Psixologiya va lingvistikani òzida mujassamlashtirgan sohaga asos solgan bòlsa ajab emas. Psixolingvistikani yanada osonroq tushunish uchun badiiy asarlardagi sòzning kuchiga murojaat etish òrinli bòladi. Alloxga hamdlar bòlsinki, biz abadiy òlmas asarlarga boy, butun jahon tan bergan benazir adabiyotimizga ega millatmiz.
Òz òqiguvchi kitobxonlarining qalbidan chuqur òrin egallagan Abdulla Qodiriyning " Òtgan kunlar" romanidagi bosh qahramon Otabekning Toshentga kelgach uni ikkinchi marotaba uylantirishmoqchi ekanliklaridan xufiyona xabar topgandan keyin ushbu xabarni òz ota onasi aytmoqchi bo'lganliklarida aytgan jumlalari sòzning kuchini, sehrini tushunishga yetarli misol bòladi desak, xato bòlmas. Otabekning sòzlariga diqqat qilaylik:
- òĝlim, xali sen eshitdingmi, yòqmi, xaytovur, biz saning ustingdan bir ish qilib qòydik.
Otabek, ma'lumki, ularning " qilib qòygan yoki qilmoqchi bòlgan ishlarini" , albatta, bilar edi.
-Aqillik kishilarning òĝullari ustidan qilĝan ishlari, albatta, noma'qul bòlmas, - dedi
Xoji òĝlining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishini bilmay qoldi.
Ushbu parcha misolida kòrish mumkunki, Otabek naqadar tarbiyali, tavozeli yigit naqadar ma'suliyatli farzand ekanligini u aytgan gaplar kòrsatib turibdi. Garchi u ota-onasi uning ustidan qanday ish qilib qòyganini bilgan bòlsada, ularga qattiq gapirmadi, jahl qilmadi, kòziga tik qaramadi biroq shunday gòzal sòzladiki, otasining òsha vaziyatdagi holati sòzning ruhiyatga qay darajada ta'sir etganligiga yaqqol misol. Bu kabi misollar òzbek adabiyotida ko'plab topiladi, albatta. Buyuk adiblarimizning buyukligi ham aynan sòzning kuchini bilishidadir. Biz filologmiz. Bizni boshqa soha vakillaridan farqimiz shundaki, aynan biz sòzning kuchini bilamiz, aynan biz sòzning sehrini sezamiz, aynan biz sòz ustida ishlaymiz. Har bir filolog sòzga oddiy fonemalardan iborat birlik sifatida emas, sòzga katta kuchga ega bòlgan vosita sifatida qaramoĝi lozim. Bugungi kunda meditsinada ruhiy kasallarni davolashda keng qòllaniladigan psixoterapiya usulining asosini ham sòz bilan davolash tashkil qiladi. Psixoterapivtlar qarshisidagi bemorning ruhiy holatini uning sòzlari orqali aniqlaydi. Shu bilan birga muloqot va sòz orqali uning ruhiy holatini ham tiklashga urinishadi. Bundan ko'rinadiki, sòz bilan insonni hayotga qaytarish mumkun. Ammo bemorga salbiy ta'sir qiluvchi sòzlar bilan uning holatini yanada yomonlashtirish mumkunligi ham ming afsuski ayni haqiqat.


Download 174.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling