Uyg‘onish davri
|
Zamonaviy falsafa skeptitsizm paydo boʻlishi va zamonaviy fizika tugʻilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi. Ushbu davrga oid muhim kishilar Montaigne, Descartes, Locke, Spinoza, Leibniz, Berkeley, Hume va Kant'dir. Bu davr 17-18-asrlarga toʻgʻri kelib, Kant'ning metafizik mavzularni Newton mexanikasi bilan bogʻlashga davomli urinishlari bilan yakun topgan, deb hisoblanadi.
|
Sharq falsafasi atamasi bilan Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya, Yaponiya falsafiy anʼanalari nomlanadi. Gohida bu roʻyxatga Yaqin Sharq ham qoʻshiladi, biroq Yaqin Sharq falsafasi Ibrohimiy dinlar yoyilishi va Yevropa bilan savdo-sotiq faolligi tufayli Gʻarb falsafasining koʻpgina alomatlariga ega.
|
Jamiyatdagi fikrlar uning amallariga chuqur taʼsir koʻrsatadi. Falsafani amaliy oʻrganish yangi sohalar, masalan, amaliy etika va siyosiy falsafa kabilarning paydo boʻlishiga olib keldi. Konfutsiy, Sun Tzi, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Taimiyyah, Niccolò Machiavelli, Gottfried Leibniz, John Locke, Jean-Jacques Rousseau, Karl Marx, John Stuart Mill, Mahatma Gandhi va boshqalarning siyosiy va iqtisodiy qarashlari maʼlum hukumatlar tuzilishiga va amaliyotiga sezilarli taʼsir qildi.
|
Yangi va eng yangi davr
|
Soʻnggi yuz yil ichida falsafa zamonaviy tadqiqotlar orasida faollashib, tabiiy fanlardan koʻproq farqlana boshladi. Ushbu davrga oid aksar falsafiy fikrlar tabiiy fanlar nazariyalari va insoniyat gʻoyalari, sogʻlom fikrlash orasidagi munosabatlarni izohlaydi.Keyingi zamonaviy falsafa hozirgi zamon falsafa koʻtarilishi bilan tugadi, degan gap bahslidir. Zero, bugungi kunda ham 19-asr falsafasi shugʻullangan baʼzi muammolar hozirgi zamon falsafasida dolzarbligini yoʻqotmagan.
|
Bu davrlarga oid faylasuflarning baʼzi fikrlari hozirgi zamon ilmiy qarashlariga mos kelmasa-da (masalan, harakatning mavhum ekanligi, iddaosi), ular ishlatgan fundamental falsafiy va mantiqiy uslublar hozir ham qoʻllaniladi.
|
Falsafaning boshqa amaliy qoʻllanishlari epistemologiyaga ham oiddir, u orqali bilim, ishonch, dalil tushunchalari aniqlashtiriladi (bular huquqshunoslik, iqtisodiyot, qarorlar nazariyasi va boshqa ilmiy dissiplinalarda kerak). Fan falsafasi ilmiy metod asoslarini belgiladi hamda ilmiy tadqiqotlar va argumentlashlar xarakterini shakllantirdi. Bu juda katta natijalarga olib keldi..
|
Borliq shakllari
Tabiat borlig‘i Ijtimoiy borliq
Ijtimoiy borliq indivudial yakka shaxs va jamiyat borligining birligini bildiradi. “Ijtimoiy borliq deyilganda individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas balki faqat ularning moddiy hayoti tushuniladi.”
Tabiiy borliq o’zaro bog’liq lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko’rinishdan iboratdir. 1) tabiatdagi narsa va hodisalarning , jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i.2) Tabiyatdagi narsa va hodisalar asosida inson tominidan yaratilgan narsalarning tabiiy borligi.
Inson borlig‘i Ma’naviy borliq
Tabiat borlig‘i
inson borlig’ida insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy ma’naviy borliqning ham barcha shakllariga xos tomonlarning yig’indisi mujassamlangandir.Inson borlig’I ham tabiat,ham jamiyat va ham ruhiyat qonunlariga bo’ysunadi.
Faqat inson ongi bilan bog’liq, subyektiv reallik sifatida mavjud bo’lgn fikrlar,g’oyalar,qarashlar tarzidagi borliqning ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |