Nanotexnologiyaga kirish L l. Nanotexnologiyalar haqida asosiy tushunchalar


Download 39.94 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi39.94 Kb.
#155142
Bog'liq
STM

SO‘ZBOSHI Bundan deyarli ikki asr ilgari elektrotexnika rivojlana boshlagan vaqtda bu soha uchun kerak bo‘lgan elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan va tokni deyarli o‘tkazmaydigan moddalar fan va texnika e’tiborida edi. Keyingi davrda metallar yaxshi o'tkazgichlar sifatida elektr tokini ho- sil qilish va uzatishda keng qo‘llanildi, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar - dielektriklar (izolatorlar) tokli o'tkazgichlarni himoyalash uchun (elektr energiyasini behuda sochilib ketishidan saqlash va h.k. uchun) ishlatildi. Fan va texnikaning kelgusi rivoji yangi sohalarni kelib chiqishiga olib keldi. Bu sohalar o‘zgacha xossaga ega yangi materiallarga ehtiyoj uyg‘otdi.

  • NANOTEXNOLOGIYAGA KIRISH l.l.Nanotexnologiyalar haqida  asosiy tushunchalar Tabiatning  barcha  hodisalari  (ko‘rinishlari)  bir-biri  bilan  chambar-  chas bog‘liqbo‘lsa ham, insonularni ma'lum bir tomondan o‘rganishga  intiladi.  Shuning  uchun  ham  har  qanday  fan  maxsus  atamalar  va  tu-  shunchalar tizimlariga ega, ularga o‘z ma’nosi beriladi.  Bir obyektning  o‘zi,  masalan.  “o‘quvchi” turli mutaxassislarda -  vrach,  psixolog (rux-  shunos) yoki o‘qituvchiiarda-turlicha kasbiy qiziqish uyg‘otadi. Vrach  uchun,  dastavval,  “o'quvchi”  quyidagi  tushunchalar  bilan  aniqlanadi:  og‘irligi,  bo‘yining uzunligi,  qon  guruhi,  u  yoki  bu  kasal-  liklar  mavjudligi,  ruxshunos  esa  uning  fikrlash  turini  yoki  o‘z-o‘ziga  baho  berishini  aniqlashga harakat  qiladi.  Matematika o‘qituvchisi  esa  o‘quvchi  vazifani  yaxshi  bajarmasa uning  qon  guruhi  yoki  o‘z-o‘ziga  bergan bahosi emas, berilgan mavzuni u qanday o‘zlashtirganligi, olin-  gan  bilimlarining  chuqurligi  va  darsda  o‘zini  qanday  tutishi  nuqtayi  nazaridan baholaydi. 0 ‘quvchi  ruxshunos  yoki  vrach  huzurida,  matematika  darsida  qanday  bo‘lsa  o‘shanday  qolgan  bo‘lsa  ham,  lekin  uni  turli  nuqtayi  nazarlardan  “o'rganish”  mumkinligini  ko'rishimiz mumkin.  Bu  mulo-  haza  barcha  boshqa  sohalar  uchun  ham  adolatli.  Shunga  ko‘ra,  tabiat  hodisalari  ham  fizik,  kimyogar yoki  biolog  uchun  turli  ko'rinishlarda  aks etadi. Endi  bizni  qiziqtirayotgan  “nanotexnologiya”larga  qaytsak  ham  bo‘ladi.  “Nanotexnologiya”  so‘zining  o‘zida  2  ta  atamaning  “nano”  va  “texnologiya”  terminlarini  ko‘ramiz.  Avval  ikkinchi  tushunchani  aniqlab olaylik. Ensiklopedik  lug‘atda  “texnologiya”  so‘zi  quyidagicha  tavsiflan-  gan:  u yunoncha “techne” -  “san'at”,  “mahorat”  va “bilish”  + “logos”  -   “fan”  qo‘shma  so‘z  bo‘lib,  biror  bir  mahsulot  ishlab  chiqarishdagi  ishlov  berish,  tayyorlashni,  holati  xossasini,  shaklini  o‘zgartirish jara-  yonlarining umumlashgan uslubini bildiradi. Texnologiyaning  vazifasi  -   tabiat  qonunlaridan  inson  manfaati  uchun foydalanishdir. “Mashinasozlik texnologiyasi”, “suvni kimyoviy

 Metan moiekulasi modeli (CH,) Biologiya kursidan eslarsiz ribosomalar RNK molekulasini “o‘qib”  oqsil tuzadi.  0 ‘quvchiga bu jarayonning asosiy paytiarini  qisqacha es-  latamiz. Oqsillar  -   barcha  hujayralaming  hayot  faoliyatini  ta'minlovchi  zaruriy tarkibiy qismidir. Oqsillaming organizmdagi (tanadagi) roli xil-  ma - xildir.  Tanamizdagi  barcha hayotiy jarayonlarda  uning  o‘sishi va  ko‘payishini boshqarishda ishtirok etadigan oqsillar -  gormonlar ajralib  turadi.  YorugTik  sezuvchi maxsus  oqsil — rodopsin hisobiga ko'zimiz  to‘r pardasida tasvir paydo  boTadi. Aktin  va miozin  oqsillari  hiso'biga  mushaklarimiz qisqaradi va bo‘shashadi, buning natijasida hiz harakat  qila olamiz. Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar maxsus oqsillar  -  fermentlar ishtirokida kechadi. Ularsiz ovqat hazm qilish, nafas olish,  moddalar  almashuvi,  qon  ivishi  va  boshqalar  sodir boTmaydi.  Oqsil-  lar himoya funksiyasini  ham  bajarishadi,  organizmga kasallik keltirib  chiqamvchi  bakteriyalar  yoki  zaharlar  tushsa,  ular  immunoglobulin  oqsillarini ishlab chiqaradi va zararli ta'sirlarni yo‘q qiladi.
Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling