Fil’tratsiya bo‘limini texnologiyasi Reja


Download 70.54 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi70.54 Kb.
#1720161
1   2   3
Bog'liq
azimbek022

*100 kg namli natriy gidrokarbonatga sodaning maksimal nazariy chikishi-63 kg.

Uzluksiz ishlaydigan barabanli vakkum-filtrlar filtrlash bulimining asosiy apparati bo‘lib hisoblanadi.


Soda ishlab chiqarish texnologiyasida BC-5, 6-1, 8/1 tipli barabanli vakkum-filtr keng qo‘llanilmoqda.
Quyida BS-5, 6-1, 8/1 barabanli vakkum-filtrning texnik ko‘rsatgichlari keltirilgan:
Filtrlash yuzasi, m2………………………5,6
Baraban diametri, m ………………………..1,8
Baraban uzunligi, m………………………….1,0
Burchak,grad:
Barabanning suspenziyaga cho‘kishi…………...130
Filtrlash zonasi………………………..53
Kuritish va yuvish zonasi……………………189
Suyuqlik tortilish va gazmolning
regeneratsiya zonasi…………………………...48
1 minutda aralashtirgichning ikkilamchi
tebranishlar soni…………………………….35
barabanli vakkum-filtr 18 ta yacheykaga bo‘lingani va taqsimlash qurilmasi bilan ta’minlangani uchun, uning yuzasida bir vaqtda bir necha jarayonlar o‘tadi. Filtrning barabanida o‘tayotgan jarayonga ko‘ra shartli ravishda uni quyidagi zonalarga bo‘lish mumkin:
-o‘zi filtrlash zonasi; vakkum sharoitida filtrli suyuqlik barabanga tortilib, natriy gidrokarbonat kristallari filtrlash gazmol yuzasida ushlanib qoladilar va cho‘kma hosil qiladilar;
-dastlabki quritilish zonasi; bu paytda barabaning yuzasi suspenziya ustida joylashgan buladi va cho‘kmadan baraban ichiga filtrli suyuqlik tortiladi;
-cho‘kma yuvilishi zonasi; baraban yuzasiga yuvish suvi beriladi; ushbu suv cho‘kma ichidan barabanga o‘tadi va cho‘kmaning kristallararo maydonidan filtrli suyuklikni siqib chikaradi;
-asosiy quritish zonasi; bu erga havo beriladi va u natriy gidrokarbonatning cho‘kma qatlamidan o‘tib, cho‘kmaning kristallararo maydonidan yuvish suvini sikib chiqaradi va cho‘kmada namlik miqdorini kamaytiradi;
-yopiq zona; baraban yuzasidan maxsus pichoq yordamida natriy gidrokarbonat cho‘kmasi olib tashlanadi, shuning bilan birgalikda barabanning ichidagi maxsus pichok va filtr suyuqlik tortilish zonasi orasiga havo o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (havo o‘tgan holda sistemada vakkum yo‘qolishi mumkin);
-filtr suyuqlik tortilish zonasi; filtrli gazmolning xizmat muddatini oshirish uchun siqilgan havo bilan uflashdan oldin gazmolning «xo‘l» uflanishi;
-uflanish zonasi; filtrlash gazmolni regeneratsiya qilish uchun aralashmasining yurishiga qarshi baraban yacheykasiga sikilgan havo beriladi. Gazsuyuqlik aralashma vakkum bo‘lmagan sababali barabanga kelib tushadi.
Filtrli suyuqlikni tortib olish zonasi kelib tushgan filtrli suyuqlikni siqilgan havo yacheykalaridan siqib chikaradi. Gazmoldan utayotgan filtrli suyuqlik gazmol teshikchalaridan natriy gidrokarbonat mayda kristallarini sikib chiqarishdan tashqari ularni o‘zida eritib oladi. Bu o‘z navbatida regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi. Undan keyin filtrli gazmolning teshikchalari sikilgan havo bilan tozalanadi:
- o‘tish zonasi; uflanishga berilgan siqilgan havo barabaning vakkum qismiga o‘tmasligi uchun mo‘ljallangan.
Barabanning bir aylanishida filtrlash jarayonining to‘liq sikli amalga oshadi va har bir yacheyka barcha zonadan o‘tadi. Baraban vakkum-filtr unumdorligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
Qf.l.=60FgnW
Qf.l – standartli maxsulotga mo‘ljallangan baraban vakkum-filtrning unumdorligi, t/s
G‘ – filtrlash yuzasi, m2 (G‘=dL, D-vakkum-filtrning diametri, m; L-filtrdagi natriy gidrokarbonat katlamining kengligi, m); -cho‘kma qalinligi, m; g-vakkum-filtrda zichlashgan natriy gidrokarbonatning zichligi, t/m3; odatda 1,32 t/m3 deb qabul qilinadi; n-vakkum-filtrning aylanish soni; W-natriy gidrokarbonatdan sodaning chiqishi (W=0,52); -olinish koeffitsienti.
Odatda filtrdagi pichoqning tegida 5-8 mm kesilmagan natriy gidrokarbonatning qatlami qoladi. Agar u 6 mm deb qabul qilinsa: =(-6)/.
YUqoridagi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
Qf.l.=129,3DL(-6)n
Oxirgi paytda soda zavodlarida 32m2 filtrlash yuzali barabanli vakkum-filtrlar qo‘llanilmoqda.
Quyidagi barabanli vakkum-filtrning asosiy texnologik va texnik ma’lumotlari keltirilmoqda:
CHo‘kma namligi,% …………………………...13-18
Natriy gidrokarbonatdagi xlorid-
ionlarining miqdori,%…………………....0,25
Filtrlashdagi yo‘qolishlar, %…………….3,5 gacha
Filtrlash yuzasi,m2…………………………32
Unumdorligi, t/sut………………………....650
Uzunligi, m……………………………….....9,2
Kenligi, m ……………………………….....4,0
Balandligi, m…………………………….....4,1
Massasi, kg ………………………………....21500
Baraban aylanishi soni ………........0,3-1,69
Konstruksion materiali ……………….....po‘lat OX17N13MZT
Belgilangan unumdorligi, kvt……………11,4
Download 70.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling