Filtrlar hisoblash


Filtrlash jarayonini intensivlash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1207394
1   2   3   4   5
Bog'liq
filtrpres pdf

Filtrlash jarayonini intensivlash 
Xalq xo’jaligida turli sanoatlar tayyor mahsulotining salmog’i ortib borishi 
va yuqori gidravlik qarshilikka ega cho’kmalarning turi, miqdorining ko’payishi, 
filtrlar ish unumdorligini oshirishni taqozo etadi. 
Bu muammoni hal etish uchun filtrlarning filtrlash yuzasi va jarayon 
tezligini oshirish yo’llari bilan erishish maqsadga muvofikdir. Hozirgi kunda 
barabanli vakuum - filtrlarning yuzasi 140 m
2
, disklilarniki 300 m
2
, lentali 
filtrlarniki 25 m

gacha yetkazilgan. 
Suspenziyalar 
ajratishda 
optimal 
sharoitlarni 
yaratish 
uchun 
konstruktiv, texnologik va fizik - kimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Konstruktiv 
guruh 
usullariga 
kuyidagilar 
kiradi: 
filtrlash 
jarayonini 
avtomatlashtirish; reversiv (cho’kma qalinligi kam bo’lganda), dinamik (cho’kma 
uzluksiz yuvilib turiladigan hollarda), turli tarkibli (silindrik yuzalarda egrilik 
radiusi kichik cho’kma qatlamlari hosil bo’lganda) va tebranma filtrlash. 
Texnologik guruh usullariga quyidagilar kiradi: cho’kma qatlami, bosimlar 
farqi, suspenziya kontsentratsiyalarining optimal qiymatlarini, hamda uning 
tarkibidagi qattiq zarrachalarni oldingan mayin va dag’al dispers fraktsiyalarga 
dastlabki klassifikatsiyalash. 
Fizik kimyoviy guruh usullariga ega kuyidagilar kiradi: cho’kma solishtirma 
qarshiligini kamaytirish maqsadida suspenziyaga fizik - kimyoviy ta’sir etish. 
Ushbu tadbirlarni suspenziya olish jarayonida yoki undan keyin ham o’tkazish 
mumkin. 
Birinchi 
holatda 
suspenziya 
hosil 
qilishda 
tegishli 
sharoitlarni 
(temperatura, kontsentratsiya va boshqalar) amalga oshirish maqsadida qattiq 
zarrachalar o’lchamini kattalashtirish, kristallik zarrachalar (atorf zarrachalar 
o’rniga) olish imkoniyati va kolloid, yopishqoq aralashma hosil bo’lish oldini 
olish mumkin. Natijada ayrim suspenziya cho’kmalarining solishtirma qarshiligi 
10 va undan ortiq marta pasaytirilishi mumkin. Ikkinchi holatda, ya’ni 
suspenziyaga agregirlovchi yoki qo’shimcha moddalar qo’shish, suspenziya 
solishtirma qarshiligini keskin kamayishga olib keladi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling