Filtrlash dastgoh
Download 362.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqFiltrlash dastgohlari
Quritish jarayoni.
Mahsulot tarkibidagi namlikni harorat ostida bug‘latib yo‘qotish jarayoni quritish jarayoni deb ataladi. Quritishda mahsulot tarkibidagi zarrachalar bilan mexanik va fizik kimyoviy bog‘langan namlikgina yuqotiladi. Quritish jarayoni massa almashish jarayoniga taalluqli bo‘ladi, chunki u issiqlik va namlikni mahsulot ichida harakatlanishi va ularning mahsulot yuzasidan atrof-muhitiga uzatilishi bilan bog‘liq. Quritish jarayoni foydali qazilmalarni boyitib, tayyor mahsulot olishning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda katta ahamiyatga egadir. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, dastgohlar va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Mis boyitmalarini kuydirish va eritishdan oldingi ruxsat berilgan namlik 5-7%, ko‘mir boyitmalariga 7-8 %, nometall mahsulotlar tarkibidagi (talk, grafit, kaliyli tuzlar) namlik 1-2% va h.k. Bunday namlikka yuqorida ko‘rib chiqilgan suvsizlantirish usullari (quyultirish, filtrlash) orqali erishib bo‘lmaydi va shuning uchun ular ko‘p hollarda harorat ostida quritiladi. Qurituvchi agent sifatida tutundan hosil bo‘ladigan gazlar, qizdirilgan havo va qizdirilgan bug‘ ishlatilishi mumkin. Boyitish mahsulotlarini quritish uchun odatda yonilg‘ini yonishidan hosil bo‘lgan tutunli gazlar ishlatiladi. Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro ta’sirlvshuv usuliga ko‘ra quritishning quyidagi turlari mavjud: 1.Konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘zaro aralashadi. 2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratuvchi devor bo‘ladi, 3. Radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi. 4. Sublimatsiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi. 5. Dielektrik quritish-material yuqori chastotali tok maydonida quritiladi. tish fabrikalarida konvektiv quritish keng tarqalgan usullardan biridir. Quritish, xalk xo‘jaligining tarmoqlarida: qora va rangli metallurgiyada, kimyo, energetika, engil va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Adabiyotlar. 1. Abramov A.A., Pererabotka, obogashchenie i kompleksnoe ispolzovanie tverdix poleznix iskopaemix, M, MGGU, 2004 2. Abramov A.A.Texnologiya pererabotki i obogashcheniya rud tsvetnix metallov. M, MGGU, 2005 3. Arashkevich V.M. Osnovi obogashcheniya rud, M., Nedra,1989. 4. Egorov V.L. Osnovi obogashcheniya rud, M., Nedra,1986 Download 362.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling