Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Mámleket byudjetten tısqarı fondların shólkemlestiriwge tásir etiwshi tiykarǵı faktorlar


Download 309.92 Kb.
bet39/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
105. Mámleket byudjetten tısqarı fondların shólkemlestiriwge tásir etiwshi tiykarǵı faktorlar. Bu jamg’armalarni tashkil etishga bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning ko’lami keng, lekin asosiylari quyidagilar hisoblanadi:  iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat fondlarini tashkil etadi;  Davlat byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’iladi;  Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini noinflatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytirad.
106. Mámleket byudjetten tısqarı fondların shólkemlestiriw tártibi hám olardı qáliplestiriw metodları. Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalariga tayanib aytish mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagi shartli ikki yo’l orqali tashkil etiladi: 1. Davlat byudjetiga ajratilishi lozim bo’lgan mablag’lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish. Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadini shakllantirishning asosiy usullari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar; 2. Davlat byudjeti mablag’lari va zayomlar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadlarini tashkil etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalalar hisobidan jamg’armalar daromadlarining 80-90% va hatto 100% ham shakllanishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag’lar amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va subventsiya ko’rinishida (davlat byudjetidan transfertlar shaklida) beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga turli muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo’lgan zayomlar ham jalb qilinishi mumkin.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling