Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń wazıypaları


Download 309.92 Kb.
bet40/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
107. Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń wazıypaları
Byudjetdan tashqari jamg'armalar ikki asosiy vazifani bajaradi: -iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qo'shimcha mablag'lar bilan ta'minlash; - aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va ularni moliyalashtirish.
108. Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń finanslıq derekleri hám olardıń gruppaları.
Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasining moliyaviy manbalari har xil bo’ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo’ladi:  mos ravishdagi fondlar uchun davlat tomondan o’rnatilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig’imlar va ajratmalar;  xo’jalik sub’yektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar;  Davlat byudjeti mablag’lari;  fondlarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati(moliya bozori)dan olgan foydalari;  tijorat banklarining kredit resurslari. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini o’zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: 1.Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg’armasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxas-sislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va boshqalar kiradi; 2.Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llabquvvatlash jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo’jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi va boshqalardan iborat1

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling