Fiqh al-akbar asarida mo’taziliylarga berilgan raddiyalar’’ Malakaviy ishi Ilmiy rahbar: f f. d. Kushbayev Farruh Namangan 2023 Re’ja
Download 42.11 Kb.
|
Fiqh al
- Bu sahifa navigatsiya:
- Re’ja Kirish Asosiy qsim Fiqh al-akbar kitobi va uning mu’allifi haqida
- Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- Shuningdek, sizlarni
- Odamlarga chiqarilgan
O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI NAMANGAN VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI Homidov Muhammadzakiy Anvarovich ,,Fiqh al-akbar asarida mo’taziliylarga berilgan raddiyalar’’ Malakaviy ishi Ilmiy rahbar: f.f.d. Kushbayev Farruh Namangan 2023 Re’ja Kirish Asosiy qsim Fiqh al-akbar kitobi va uning mu’allifi haqida Mo’taziliylar kim va ularning kelib chiqish tarixi Fiqh al-akbar kitobidagi mo’taziliylarga berilgan raddiyalar Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mehribon va rahmdil Alloh taologa hamd-u sanolar bo’lsin. Rasulimiz Muhammad (s.a.v)ga salovatlarimiz bo’lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu. Bismillahir Rohmanir Rohim... Moʻtadillik, ishlarda o‘rta yo‘lni tutish Islom ummatiga xos. Alloh taolo islom ummatini boshqa ummatlar ichida o‘rta ummat qilgan. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo‘lishingiz va Payg‘ambarning sizlarga guvoh bo‘lishi uchun “o‘rta ummat” qilib qo‘ydik” (Baqara surasi, 143-oyat). Oyati karimadagi “o‘rta ummat”ning ma’nosi adolatli, eng yaxshi va turli fazilatlarga ega bo‘lishdir. Mana shu oyati karima dalolati bilan Islom ummati afzal ummat hisoblanadi. Bunga quyidagi oyati karima ham dalolat qilib turadi: “Odamlarga chiqarilgan (ma’lum bo‘lgan) ummatning eng yaxshisi bo‘ldingiz, (ey, musulmonlar!) zero, siz amri ma’ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz” (Oli Imron surasi, 110-oyat). Alloh taolo o‘z o‘rnida Ahli sunna val jamoa (mashhur to‘rt mazhab ergashuvchilari)ni boshqa islomiy firqalar ichida vasatiylik-moʻtadillik bilan ajratib qo‘ydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar: “Ummatimdan bir toifa haqda zohir bo‘lgan hollarida davom etarlar, ularni tark qilgan kishi ularga zarar keltira olmas. Allohning amri kelgunicha ular o‘sha holda bo‘lurlar” (Imom Muslim rivoyatlari). Xulosa qilib aytganda, аhli sunna val jamoa ham din ishlari: e’tiqod, ilm, amal va axloqda moʻtadildir. Sog‘lom fikrli inson yaxshi anglaydiki, Islom dini ta’limotida moʻtadillik g‘oyasi yotadi va unga ergashish insoniyatni hech qachon zalolatga boshlamaydi. Zero, moʻtadillik bu – haddan oshish yoki sustkashlikka yo‘l qo‘yish, qattiq olish yoki o‘ta bo‘sh qo‘yib yuborish o‘rtasida bo‘lib, mana shu muvozanatni saqlagan kishi to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi. Shu paytgacha muqaddas dinimiz islomga qanchadan qancha tuhmatlar, ig’volar, kamsitishlar, dushmanchiliklar qilindi. Lekin islom 14 asrdan beri sobitqadamlik bilan o’zining haq din ekanini isbotlab kelmoqda. Islom zamon va makon tanlamaydi. Uning hukmlari hech qachon eskirmaydi. Download 42.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling