Firdavs-shoh


«Gulnor pari» dostonida konflikt


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

«Gulnor pari» dostonida konflikt 
Muhammadqul Jomrot o‘g‘li Po‘lkandan yozib olingan «Gulnor 
pari» dostoni «Go‘ro‘g‘li» dostonlari turkumiga mansubdir. Dostonda 


41 
o‘zbek xalqining sevimli epik qahramoni Go‘ro‘g‘lining uzoq Hindiston 
elidan go‘zal Gulnor parini olib kelishi kuylanadi. 
Ertaklar va an’anaviy dostonlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
shuki, ularda optimistik ruh balqib turadi, ma’naviy xayolot olamida ish 
ko‘ruvchi qahramonlar pirovardida oliy maqsadiga yetmog‘i kerak. 
Ammo ular bu yo‘lda katta qiyinchiliklar, o‘ta-murakkab to‘siqlarga 
duch keladi va ularni beqiyos kuch-qudrati, yetuk aql-zakovati, 
metindek iroda va zo‘r matonati bilan yengadi. Qahramonning idealligi 
ham ana shu fonda ko‘zga tashlanadi. An’anaga ko‘ra, bu ziddiyatlar 
ijobiy va salbiy obrazlar o‘rtasidagina emas, tabiat bilan mifologik 
kuchlar orasida ham zohir bo‘ladi. Shunday qilib, voqealar xarakteri 
mantiqidan kelib chiqib, asar konflikti yaratiladi. 
Ijodkor ajdodlarimiz ma’naviy xayoloti, ijodiy salohiyati natijasi 
tufayli yaratilgan og‘zaki ijod asarlarida qarama-qarshi tomonlar 
to‘qnashuvi hayotiy detallar, chiroyli badiiy tasvir vositalarida aks 
ettirilgan. Binobarin, real hayot ijtimoiy va iqtisodiy formasiyalarning 
ilk davridan boshlab hech qachon ziddiyatsiz bo‘lmagan va bo‘lmaydi 
ham. Bu tabiiy, albatta. Taraqqiyotni qarama-qarshiliklar va raqobatsiz 
belgilab bo‘lmasligi aksiomadir. Ma’lumki, og‘zaki ijod asarlari inson 
ma’naviy dunyosining ob’ektiv dunyo voqeliklariga ijodiy munosabati 
mahsuli sifatida yaratildi. Xalq ana shu voqelikni an’anaviy obrazlar, 
manzara va syujetlarda aks ettiradi. Shaklan sodda, mazmunan chuqur 
asarlarda hayotiy tajriba, tarixiy hodisalar mahorat bilan tasvirlanadi. 
Xalqning qahramonligi uning tashqi va ichki dushmanlarga qarshi 
matonatli kurashida ko‘rinadi. Bu kurashlar tarixda raqam bilan ifoda 
etilsa, folklorda esa uning badiiy in’ikosi sifatida qolgan. 
Demak, hayot qarama-qarshiliklari mehnatkash xalq qalbida chuqur 
iz qoldirgan ekan, bu iz ayni zamonda xalq san’atiga ko‘chib, fan tili 
bilan aytganda badiiy konfliktga aylangan. Ajdodlarimizning ozod 
zamon va baxtiyor hayot haqidagi orzu-istaklari, yovuzlik, eskilik bilan 
kuchli to‘qnashuvi dostonlarda o‘z aksini topgan ekan, konflikt ana shu 
voqealarning tobora keskin, ba’zida tragik tus olib borishiga, tadrijiy 
davom ettirilshiga katta imkoniyat yaratadi, asarning emosionalligini 
ta’minlaydi. 
«Gulnor 
pari» 
dostoni 
konflikti 
qahramonlarning 
ruhiy 
kechinmalari, 
qarama-qarshi 
kuchlar 
bilan 
to‘qnashuvi, 
og‘ir 
qiyinchiliklarga bardosh berishi hamda ularni yengib chiqishlari fonida 
ishlanganligi jihatidan ancha diqqatga sazovordir. Buni esa asar 
voqealarining rivoji, xarakteri va mantiqi taqozo etgan. 


42 
Yozma adabiyotga doir badiiy asarlardagi kabi xalq dostonida ham 
konflikt o‘zining tutgan o‘rni, ahamiyati va o‘ynagan roliga qarab farq 
qilishi mumkin. Odatda, asarlarda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan bir 
asosiy konflikt bo‘lib, uning atrofida bir necha yordamchi konfliktlar 
ham bo‘lishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, voqealar xarakteri, unda 
kontaminasiya usulini qo‘llashni mantiqan taqozo etadi. Ularning biri 
uzoq Hindiston mamlakatidan ma’shuqani olib kelish va bunda xalq 
botirining qahramonligini tarannum etish bo‘lsa, ikkinchisi, Chambil 
yurtining mudofaasi mavzuidir. Shunga ko‘ra, dostondagi konflikt ikki 
ko‘rinishda ko‘zga tashlanadi. Birinchisi, ideal Go‘ro‘g‘lining Gulnor 
parini olib kelishdagi toy hindi bilan to‘qnashuvi bo‘lsa, ikkinchisi, 
arablar bilan bo‘lgan davomli ziddiyat bo‘lib, bularni birinchi plandagi 
konflikt deb hisoblamoq kerak bo‘ladi. Amin vazir bilan Simin vazir 
o‘rtasidagi raqobatni esa, bizningcha, bosh ziddiyatlarning tarkibiy 
qismini tashkil etuvchi yordamchi konflikt deb atasa bo‘ladi. O‘z 
navbatida bu yordamchi konflikt yetakchi konfliktni ijobiy hal qilishga 
imkoniyat yaratib bergan. 
Dostonda, asosiy konflikt, odatda, bir zumda paydo bo‘lib, 
hadeganda hal bo‘ladigan badiiy vosita emas. U odatda o‘zining badiiy 
shakllana borish yo‘liga ega. Bu esa voqealarnnng xarakteri, syujet 
chizig‘i bilan bog‘lik jarayondir. Asarda birinchi asosiy konfliktning 
harakat yo‘li asar boshidanoq ko‘rinadi. Gulnor parining o‘z va’dasi 
ustidan chiqmagani, Chambilga yetib kelmagani Go‘ro‘g‘lining Hind 
mamlakatiga borishini taqozo etadi. Mana u yigitlarga nima deyapti: 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling