Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

Namak kabi har qozonda qaynarman, 
Tushib ishqning daryosiga bo‘ylarman. 
O‘zim noram, so‘zlar bilan o‘ynarman, 
Xalq men bilan bo‘lsa zo‘r menga naylar 
deya g‘urur bilan xitob qiladi. Bu esa o‘z navbatida, zulmga qarshi 
faqatgina xalq, mexnatkashlarning uyushgan ommasi vositasida 
kurashish mumkin degan g‘oyaga yetaklaydi, ko‘rinadiki, dostonda 
xalqning yagona sotsial kuch sifatidagi roli, vazifasi juda to‘g‘ri 


36 
baholangan va xalq dostonining o‘zbecha variantini ijtimoiy-maishiy 
doston sifatida talqin etish uchun yana bir karra to‘liq asos beradi. 
Biz yuqorida «Oshiq G‘arib va Shohsanam» dostonining 
Ozarbayjon va o‘zbek variantlaridagi ayrim farqli jihatlariga to‘xtaldik. 
Bu narsa asarning har ikki variantini tub asoslariga ko‘ra butkul boshqa-
boshqa manbadan kelib chiqib yaratilgan, degan fikrga yetaklamasligi 
kerak. Har ikki variantning syujet chiziqlarida, obrazlar sistemasida, 
ayrim motivlarida o‘xshash jihatlar mavjudki, bu dostonning yaratilish 
manbai, tub ildizlari ekanini, davrlar o‘tishi bilan esa xalqlarimizning 
milliy etnik, etnografik va ijtimoiy ong taraqqiyoti nuqtai nazaridan 
muayyan tafovutlarga ega ekanligi uchun turli o‘zgarishlarga, 
moslashishlarga uchraganligidan dalolat beradi. 
Xususan, dostonning har ikki variantida mushtarak jihatlarni sanash 
mumkin. Birinchidan, har ikki variantda markaziy obrazlardan tashqari 
Shohsanamning kanizagi Aqcha qiz va Shohvalat obrazlari ishtirok 
etadi. Ularning asardagi maqsad va vazifalari, o‘rni deyarli bir xil, ya’ni 
Aqcha kiz har ikki dostonda ham Shohsanamga sadoqatli, uning baxti 
uchun kurashuvchi, sevishganlarni visolga yetishtirish uchun xarakat 
qiluvchi oqila ayol sifatidada gavdalanadi. Shohvalat esa yovuzlik, o‘z 
manfaati uchun hech narsadan qaytmaydigan salbiy timsol. Ikkinchidan, 
joy nomlari muayyan o‘xshashlik bor. Har ikki dostonda ham G‘arib 
to‘yga Xalab (Xalaf) shaxridan yetib keladi. Uchinchidan, har ikki xalq 
variantida 
motivlariing bir xilligi 
mavjud. 
Masalan, 
Doston 
boshlanishida G‘aribning otasining o‘limi, onasining ko‘r bo‘lib qolishi, 
Shohsanamning sharti, Shohsanam uzugining G‘aribning kosasiga solib 
berilishi kabilar. Yuqorida keltirilgan mushtarak jihatlarda Ozarbayjon 
va o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan fonetik 
o‘zgarishlar borligini qayd etish lozim. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turkiy xalqlarning mushtarak 
badiiy obidasi bo‘lmish «Oshiq G‘arib va Shohsanam» xalq dostoni 
mazkur xalqlarning, xususan, Ozarbayjon va o‘zbek xalqlarining milliy 
jihatlariga ko‘ra asrlar osha muayyan o‘zgarishlarga uchraganki, shu 
boisdan ularning birini maishiy, ikkinchisini esa ijtimoiy-maishiy doston 
sifatida baholash lozim. 
Demak, o‘zbek, turkman, ozarbayjon va boshqa xalqlarning siyosiy-
iqtisodiy, madaniy aloqalari ta’sirida adabiy va folklor aloqalari ham 
rivojlangan va bular dostonlarning mushtarak xususiyatlarni o‘zida 
mujassam etishda katta rol o‘ynagan. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling