Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

«Yuz yigirma beshga kirsin G‘irko‘king, 
Ikkovginang birday qari, Go‘ro‘g‘li! 
Soqibulbul Sayis bulsin Go‘ro‘g‘li!… 
Majlisda chalsin Soqibulbul sozini. 
Darrov bosgin tarafing izini! 
Olib qochgin Zaydinning o‘zini 
O‘ynatgin G‘irko‘kday asbitozini. 
Dushmandan uchingni olgin Go‘ro‘g‘li… 
Avval boshlab Shirvon eliga borib, 
Shu Rayhon arabdan olgin lotingni!… 
Senga beraylik Yunus, misqol parini… 
Chanbil, Chortoq eling bo‘lsin Go‘ro‘g‘li!… 
Avaz, Hasan lg‘ling bulsin, Go‘ro‘g‘li!… 
Qirq yigitni olgin qirqta o‘zbekdan 
Esa oting qolsin, zoting qolmasin, 
Dunyodan zurriyodsiz o‘tgin Go‘ro‘g‘li!… 
Bobosi Go‘ro‘g‘libekka pandu-nasihat berib aytdi: 
- Ey Go‘ro‘g‘libek, bolam, sen yoshlik qilding. Bundan borib
Rayhonning qizini olib ketarsan, yovmidning eliga yetarsan. Har 
nimaiki ixtiyorini o‘zingga berdik... Rayhon Arab o‘n bir marta 
shahringa tegadi. Har nima bo‘lsa, Go‘ro‘g‘libekka, farzandim, ishinga 
extiyot bo‘l!» 
Ushbu dostondagi bu motiv manistik mifologiya bilan bog‘liq 
bo‘lib, butun turkum uchun mifologiya eleminlariga negiz vazifasini 
bajaradi va bu butun turkum mazmunini ifodalaydi. Hizr boshqargan 
davra, undagi aziz-avliyolar, ya’ni mifologik qahramonlar Doston 
syujetidan tasodifiy joy olmagan bo‘lib, asosiy voqea, obrazlar, ayrim 
dostonlar syujeti va bo‘lajak kurashlardan darak beradi. Shuningdek
Go‘ro‘g‘lining homiy kuchlari ekanliklarini uqdirib, unga nasihatlar 
qiladi va uni yaxshilikka chorlayd hamda yurtini bosqinchilardan 
saqlashga da’vat etadi. Botirlik bahodirlik va qaxramonlikni ulug‘laydi. 
Hizrning Nuroniy qiyofada berilishi unda, g‘ayri tabiiy hislatlar tasviriga 


20 
nisbatan insoniy belgilar tasviri kengroq o‘rin olishi ham monizm 
ta’siridir. Yana bir epizodni olaylik. 
Turk xalq dostonida Ko‘ro‘g‘li ikkita kabutarni o‘ldirib patlaridan 
tozalaydi, buloqdan chiqayotgan suvga ularni chayqab oladi. Shunda 
birdan kabutarlar tirilib uchib ketadi. Bu voqeani kelib otasiga aytib 
beradi. Otasi Yusuf suvning obi hayot suvi ekanligini aytadi va «Sen shu 
suvdan ich», deydi. Obi hayot suvida Ko‘ro‘g‘li ichadi, otasi esa 
ichmaydi. Shuning uchun otasi o‘ladi. Ko‘ro‘g‘li bilan ota esa yuz 
yildan ko‘p umr ko‘rishadi deyiladi. Ammo, ayrim manbalarda
variantlarida (G‘irot) ham tirik, bozorlarda qo‘lma-qo‘l sotiladi degan 
fikrlar aytiladi. 
O‘zbek «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlarida bunday voqealar yo‘q. 
Bularda ko‘proq mifik obrazlar nihoyatda rang-barang tasvirlanadi. 
Jumladan, G‘irotning qirq gazli qanoti bor. U egasi bilan odam tilida 
so‘zlashadi. Shuningdek, Go‘ro‘g‘li odam bolasi sifatida ta’riflansa, 
uning xotinlari parilar - bog‘i Eram yurtidan. Quyi qof - devlar yurti va 
bog‘i Eram -parilar yurtiga borish odam bolasining qo‘lidan kelmaydi. 
Chunki Ko‘hiqofga boradigan yo‘l turkiy mifologiyada makon va zamon 
tushunchasida dunyoviy o‘lchamlar me’yori chegarasidan chiqib, 
mifologik vaqt, o‘lchov birliklariga taqaladi. Bunday makon va 
zamondan 
faqat 
g‘ayri-tabiiy 
kuchlar, 
devlar, 
parilar,balolar, 
shuningdek, 
farishta 
va 
maloyikalargina 
harakat 
qila 
oladi. 
Go‘ro‘g‘lining bu makonda, zamonda mavjudligi esa, uning oddiy 
insonlarga xos sifatlardan ustun bo‘lgan avliyolik, farishta maloyiklik 
xususiyatiga ega ekanligiga qiyosdir. Bu esa, o‘z-o‘zidan Go‘ro‘g‘li 
obrazining o‘zagida yashringan hayrxoh ruh - ezgulik ruhi tushunchalari 
bilan bog‘lanadi. Shuningdek, o‘zbek dostonlarida Go‘ro‘g‘li o‘lganidan 
keyin og‘a Yunus va Misqol parilar G‘irotni bog‘i Eramga olib 
ketishadi. Ayrim manbalarda Go‘ro‘g‘lining jasadini ham gilamga solib 
osmonda uchib yurishadi deb ta’riflanadi. 
Mifologiya «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlariga, shuningdek, xalq 
eposiga katta g‘oyaviy-badiiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu tasviriy ifoda 
vositalarida ham namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, o‘zbek xalq eposi 
mifologiya bilan yaqin aloqada yuzaga kelgan va shakllangan. Epos 
badiiy-estetik taraqqiyotida butunlay yangi hodisa bo‘lib, mifologiyadan 
ko‘p oziqlanganiga qaramay, uning inkori sifatida tug‘ilgan. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling