Firdavs-shoh
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
«... Bachaning yuzini oydinligiga
Barx urib, go‘r yop-yorug‘bo‘ladi. Bibi Hilol bir nozanin ul tug‘di, Uch kecha-ukunduz oradan o‘tdi… Hiloloyga jon kelmadi, lekin bolaga sut kelib yotdi, shu orada o‘rtadan uch yil o‘tdi». Bu epizoddagi onani «jon» tark etishi, lekin sut to‘xtamasligi - bu animizm tushunchasisiz reallasha olmas edi, bu keyinchalik Hizr so‘zida ham ifodalanadi. Kunlar o‘tib, sut to‘xtaydi. Go‘ro‘g‘li go‘rga tushib turgan ozgina yorug‘likka qarab intiladi va ilk bor qabrdan tashqariga chiqadi va yegulik izlaydi. Shunda bir baytal yordamga keladi: «...bir baytalning bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi kuyib, kishnab yurar edi. Go‘ro‘g‘lining oldiga kelib qoldi. Baytalning ko‘zi Go‘ro‘g‘liga tushib, mehri ko‘kragiga joy olib, unga suykanib emiza berdi... Baytal har kuni Go‘ro‘g‘lini uch vaqt emizib keta berdi». Bu motiv butun jahon folklorida keng tarqalgan bo‘lib, inson bolasini yovvoyi hayvon yo qush (sher, bo‘ri yoki Semurg‘ kabilar) boqib tarbiyalashi haqidagi mifologik syujetga hamohangdir. Ammo mazkur dostondagi totemistik motiv o‘ziga xos xususiyatga ham ega. Undagi totem O‘rta Osiyo chorvador qabilalarining eng mashhur totemiga asoslangan. Shunisi xaraktirliki, parchadagi baytal totemi ilk ma’nosida - insonga ajdodlarning boshi sifatida talqin etiladi. Go‘ro‘g‘li bilan baytal orasida munosabatni aniqlash uchun kelgan yirtqichlar Go‘ro‘g‘lini qabrdan chiqqan arvoh hisoblab, qo‘rqib qochadilar. Ammo inson - inson, cho‘ponlar orasidagi Rustam (qahramon otasining eng yaqini) bo‘lgusi xalq qahramonini o‘z tarbiyasiga olishi natijasida u mehnat ahli bilan birga bulgani tufayligina haqiqiy chin inson va dong‘i ketgan xalq qahramoni bo‘lib yetishadi. Albatta, keyinchalik voqeaga din bilan bog‘liq motivlar kiritiladi, bir sher bolaga tashlanganida, Hazrati Hizr yordamga kelib xayvonni o‘ldiradi. Demak, asarda Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va ulg‘ayishi uch mifologik tushuncha (aministik), o‘lik onaga «jon kirmasa ham, «sut» kelishi; totimestik 18 (baytal emizishi) va diniy mifologiya (Hizr - xomiy kuch obrazi) asosida beriladi. Dostonda Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va el-yurt manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishda chiltonlar hamda Hizr katta o‘rin egallagan. Chunki ular xalq qahramonining homiysi, rahnamosi bo‘lgan. Murg‘ak qaxramonni jismoniy jihatdan voyaga etishda, unga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib, tarbiyalab, xalq manfaati yo‘lida xizmat qilishga o‘rgatadi. Qahramonning homiysi obrazini barcha xalqlarda nardlar eposida ham,fin runilarida ham ko‘rish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlari ogzaki eposida Hizr obrazi keng ishlangan. Hizr obrazi islom diniga qadarli ham O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki badiiy ijodida keng ishlangan bo‘lgani uchun ham diniy afsonalarga («Iskandar afsonasi»da ham bor) asos qilib olingan. Xalqda shunaqa naql bor: har bir insonga tushida yoki o‘ngida Hizr uch marta uchrab homiylik qiladi. O‘zbek xalqining tasavvurida uning ko‘rinishi ham o‘zining mujassamini topgan, jumladan, «bosh barmog‘ining suyagi yo‘q», o‘ng qo‘li tizzadan pastgacha turadi», har xil ko‘rinishda bo‘lib «tila-tilagingni» deydi, ko‘proq oppoq soqolli chol qiyofasida tasvirlanadi, Nuroniy ko‘rinadi. Mantiqiy fikr yuritib qaralganda, g‘ayri tabiiy bir sharoitda tug‘ilgan go‘dakni kimdir o‘limdan saqlab qolishi kerak. Go‘ro‘g‘li go‘rda tug‘ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Bu o‘rinda endi uni yo‘rgaklab olish uchun Hazrati Hizr va chiltonlar, ya’ni azizu avliyolar hozir bo‘ladilar. Bosh qahramonning dunyoga kelishini izohlovchi mazkur motiv eposning o‘ziga xos mifologik zamini hisoblanadi. Binobarin, mazkur dostonda Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va g‘ayri tabiatli ekanligini izohlash asosiy motiv bo‘lib bosh rejada turardi. Turk va o‘zbek dostonlarida tulpor ot yetakchi o‘rinni egallaydi. Ot qahramonning hamrohi, har doim birga bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda egasi bilan so‘zlashadi. Dushmanlardan qutqarib qoladi. Ana shuning uchun ham bunday otlarni «nazarkarda tulporlar» deb ataladi. Turk dostonida Minko‘ldan kechasi chiqib, oy nurida otlar bilan o‘ynashib, tongga yaqin qo‘lga tushib ketuvchi suv osti ayg‘iridan tug‘ilgan. O‘zbeklarning «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va yoshligi» dostonida ham ikkinchi yirik mifologik o‘rin - uning oti G‘irot (G‘irko‘k bilan bog‘liqdir). Bu ot Rayhon arabning otidan paydo bo‘lgan. Asarda tasvirlanishicha G‘irotni Hizr yashirincha olib ketadi. Epik qahramon toyini izlab ketayotib, afsar tog‘ining ortidagi bir boqqa duch kelib, ularni yaxshi ko‘rib qoladi. Keyin yana yo‘l bosib Hizr va 40 ta chiltonga ro‘baro‘bo‘lib, Hizr bilan kuch sinashadi va yengiladi. Otini 19 sotib oladi. Mana shu sarguzasht qadimiy mifologiya va diniy tushunchalar bilan yaqin aloqada beriladi, tasvirlanadi. Ana shu o‘rinda ta`kidlash lozimki, asarda turkumning asosiy mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi bir parcha borki bu ayniqsa, mifologik tomondan xarakterlidir. Bu motiv - butun turkumning mazmunini, Xususan, Go‘ro‘g‘lining bir umrlik taqdirini qisqacha ifodalab beradi. Asarda shomonizm aks etadi, ya’ni Hizr qo‘yidagicha duo qiladi: Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling