Firdavs-shoh
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
Asotirlarni o‘rganish Asotirlar (miflar) ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo bo‘lish sabablarini o‘zlariga izohlash maqsadida yaratgan og‘zaki hikoyalaridan iborat. Asotirlar yaxshilik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik o‘rtasidagi abadiy kurash turli narsalar, hodisalar o‘rtasidagi kurashlar misolida ifodalanadi. Asotirlarning afsonalardan asosiy farqi badiiy-tasviriy vositalarning kamligi, narsa va hodisalarning vujudga kelishi yoki yo‘q bo‘lishini oddiy va qisqa izohlashi, ko‘pincha, ma’budlar, yer yuzida dastlabki odamlar obrazlarining ishtirok etishini bayon qilishlaridir. Asotirlar yer yuzidagi barcha xalqlarda mavjud. Chunki barcha xalqlar o‘z taraqqiyotining ilk bosqichlarida asotirlar orqali fikrlash, dunyoga asotirlar nigohi bilan qarash bosqichini bosib o‘tganlar. Asotirlar osmon jismlari oy va Quyosh, yulduzlar haqida, turli urug, qabila-xalqlarning paydo bo‘lishi haqida, biror narsa yoki hodisaning paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi haqida ko‘plab yaratilgan. Misol uchun ikkita asotirga to‘xtalib o‘tsak. «Aziz Momo» nomli asotirda qish faslining uch oyi - to‘qson kuni haqida hikoya qilinadi. Aziz Momo Navro‘z arafasida olti kun qattiq sovuq kunlarini yuborib, odamlarni sinovdan o‘tkazar ekan. Bu asotirda ibtidoiy odamlarning tabiat hodisalari haqidagi xayoliy tushunchalari aks etgan. «Oy bilan kun» asotirida esa oy, quyosh va yulduzlar holatini insonlar hayotiga o‘xshatib tasvirlashga harakat qilinadi. Osmonda yulduzlarning uchishi esa oyning o‘z bolalarini yoniga chaqirib olishi deb izohlanadi. Tabiat hodisalarining bu taxlitda sodda talqini qadimgi 10 odamlarning tushuncha, tasavvur doirasini ko‘rsatadi. Ana shunday asotirlardan biri «odami Od» hikoyasidir. Uning qisqacha mazmuni shunday: «o‘tgan zamonda Nuh payg‘ambar bo‘yi bulutga yetadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so‘rabdi. Bu odamning nomi odami Od ekan. U nihoyatda baland bo‘yli, kuchli bo‘lib, daryo va dengizda baliqni qo‘lida tutib, quyosh issig‘iga pishirib, yeb keta berar ekan. Odami Od Nuh payg‘ambarni yelkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qayerda baland daraxt bo‘lsa, kema uchun kesmoqchi bo‘libdi. Tog‘da to‘rtta katta chinor bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug‘urib olib, o‘z elkasiga ortib, ustiga Nuh payg‘ambarni o‘tqazib, dengiz bo‘yiga ravona bo‘libdi. Odami Odning qorni hech ovqatga to‘ymas ekan. Nonushtaga bir hovuz suvga non to‘g‘rab yer ekan. Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o‘zi kemani torta ketibdi». Bu hikoyada odami Od dunyodagi eng birinchi odam sifatida talqin etilgan. «Od» so‘zi fors-tojik tilida ulkan odam ma’nosini bildiradi. Shuningdek, «Er Hubbi» asotiri ham yuqoridagi hikoyatga o‘xshaydi. U Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida keng tarqalgan. Hikoya qilinishicha: «Faridun va hatto Jamshid podsholik qilmasdan ilgari daryoda bir Hubbi degan yigit yashagan, bu yigit daryoning hokimi bo‘lgan. Hubbi baliq bilan ovqatlangan, u bir qo‘li bilan baliq tutib olarkan-da, uni quyoshga uzatar ekan, baliq shu ondayoq qovurilar ekan. U yetti yuz yil davomida Amudaryoda yashagan. Bu vaqt ichida hech qanday jin daryoga yaqinlasha olmagan, hatto chivinlar ham bo‘lmagan. Jamshid taxtta o‘tirishi bilan Hubbi dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan. Ming yil davomida Hubbining onasi aza tutgan va u bilan birga daryo, sahro, tog‘va qoyalar yig‘lagan; odamlar, qushlar va hayvonlar yig‘lagan; osmonda farishtalar, yer ostida devlar yig‘lagan. Hubbi tirik, u qiyomattacha yashaydi. Hubbi najot berur. Mana, qanday kuch daryoga hokimlik qiladi». Yuqoridagi har ikki asotirda odami Od va Er Hubbi qabila va urug‘ ruhi, kuch-qudrati, orzu-umidi, intilishlari ifodalangan. Bu kabi asotirlar o‘zbek xalq og‘zaki ijodida ko‘plab uchraydi. Ular yoshlarda jonli qiziqish uyg‘otadi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling