Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, 
Ichida sichqonlar bolalab yotgan, 
Ortidan tushgan pishak oltoyda yetgan, 
Shunday qalmoq qo‘lini bulg‘ab keladi… 
 
Odam tushmas uning aytgan tiliga, 
Besh yuz quloch arqon etmas beliga… 
 
Bu qalmoqlar qalmoqlarning ravishi 
Oh ursa olamni buzar tovushi, 
To‘qson molning terisidan kovushi … 
 
Qahrlansa toshni yorar qahari, 
To‘qson norning go‘shti bo‘lmas nahori, 
Har iziga ketar ancha bahori (bug‘doy) … 
 
Tag‘i ham bir qalmoq keldi maydonga, 
Oltmish karich olachadan qalpogi, 
To‘qson qo‘yning terisidan telpagi. 
 
To‘rt yuz quloch qo‘lda hassasi, 
Sarhovuzdan katta edi kosasi, 
Shuning bilan o‘n sakkizdan nashasi, 
To‘qson qarich bo‘zdan bo‘lgan kissasi. 
Alpomishning dushmanlari shu darajada bahaybat, beqiyos kuch-
qudratga egaki, xalq o‘z sevimli qahramoni Alpomishning ulardan ham 
kuchli, qudratli bo‘lishini orzu qiladi. An’anaviy dostonlarda 


65 
qahramonlar xalq tomonidan nihoyat darajada ideallashtiriladi. 
Alpomish mana shunday xalq idealidagi qahramonlardan biridir. 
Mubolag‘a qahramonning xos tomonlarni bo‘rttirib berish 
vositasidir. Shuningdek, bu vosita ko‘p hollarda metafora, jonlantirish, 
o‘xshatish kabi badiiy vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Xalq 
shoirlari 
butun 
bir 
xalqning 
xislatlarini 
bir-ikki 
obrazlarda 
mujassamlashtirib bera olganlar, doston qahramonlari bo‘rtirish usuli 
bilan tasvirlanadi. Natijada doston qahramonlarining butun xatti-
harakatlari mubolag‘alashtiriladi. Bunday tasvirlash bilan doston 
ta’sirchanligi oshiriladi, tinglovchi yo o‘quvchi ongiga tez etib boradi va 
uning xotirasida uzoq saqlanib qoladi. «Ravshan» dostoni ham chiroyli 
mubolag‘alarga boy: 
Oti to‘pning o‘qiday, 
Suvsiz cho‘lda otilib, 
Sovib tortib buyrini, 
Togning boshini ko‘zlaydi. 
Shuningdek, «Ravshan» dostonida kallar obrazini tasvirlashda 
ularni gavda tuzilishi va boshqa tomonlari shunday mubolag‘a bilan 
tasvirlagan: 
«Aynoq kal shunday edi: ot, tuya, arava ko‘tara olmas edi, doimo 
bir yoqqa ko‘chirmoqchi bo‘lsa, piyoda ketar edi. Ersak kal shunday edi: 
oqshomlari kamonni qo‘lga olsa, qushni ko‘zidan urar edi». Baxshi 
kallarni bunday bo‘rttirish orqali ularning o‘ziga xos tomonlarini, ya’ni 
birining bahodirligini, ikkinchisining merganligini konkret ta’kidlab 
ko‘rsatadi. 
Dostonlarda faqat qahramonning gavda tuzilishi mubolag‘a uslubi 
bilan tasvirlanib qolmasdan, qahramon qarashlari ham bo‘rttiriladi. 
Dushman qahramonning jismoniy kuchgagina emas hatto bir qarashiga 
ham dosh olmaydi. Masalan, «Xushkeldi» dostonida Go‘ro‘g‘lining 
qarashi 
shunday 
mubolag‘alashtiriladi: 
«Go‘ro‘g‘libek 
shunday 
darvozadan kirib boraversa, bir ajali yetgan bachchag‘ar, bir burchakda 
yozilib turgan ekan. Go‘ro‘g‘libek shunday bir qaradi. Haligi odam 
birdan dod solib yig‘lay boshladi. «Voy o‘ldim, voy o‘ldim, anavu 
bachchag‘ar menga bir qaradi, o‘tim yorildi. talog‘ham yorildi. Ho‘, 
odamlar Go‘ro‘g‘limikan? Ho‘, yoronlar, o‘ldim! Shu odamni 
ko‘ringlar, bilinglar, men o‘laman, men odam bo‘lmayman, o‘ldim, 
o‘ldim» - deb baqiraverdi». Bu epizoda xalq qahramoni har qanday 
dushmanga bir qarashda dahshat sola oladigan bahodir ekanligi 
namoyon etilgan. 


66 
Dostonlarda qahramon obrazigina emas, balki butun bir epizodlar 
va boshqa obrazlar (masalan, ot obrazi) ham mubolag‘a usuli bilan 
tasvirlangandir. 
«Go‘ro‘g‘li» 
turkumidagi 
dostonlarda 
G‘irot, 
«Alpomish» 
dostonida 
Boychibor 
va 
boshqa 
otlar 
shunday 
timsollardandir. 
Dostonlardagi poyga epizodida o‘ta mubolag‘a bilan tasvirlangan 
kartinaga duch kelamiz. Qahramon poygada hammadan uch-to‘rt kun 
keyin jo‘nab, hammadan oldin marraga yetib kelishi ham mubolag‘a 
kuchidandir. Qahramon otining tilga kirishi, odamday gapirishi na faqat 
jonlantirish, balki mubolag‘a tasvirining ajoyib namunalaridan biridir. 
Bu bilan shoir yo baxshi qahramonning birinchi yordamchisi, 
maslahatgo‘yi ot ekanligini ta’kidlaydi. «Qunduz bilan Yulduz» 
dostonidagi G‘irko‘k otning gapirishi epizodi fikrimizning dalili bo‘la 
oladi: «Anda G‘irko‘k ot, nazarkarda xonazot tilga kelib, Avazxonga 
necha yerdan timsol keltirib bir so‘z dedi: 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling