Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

Ustimda bo‘lmadi Go‘ro‘g‘li Sulton, 
Tarbiyatlar qilar edi farovon, 
Na qultum suv berding, na chimdim somon, 
Ochlikning kasodi bo‘ldi Avazxon! 
 
Eshi ulug qora ot, mendan kattakon 
Xudoni o‘rtaga solib tilagin. 
Bu parchalarda ot gapirish bilan birga Avazga maslahatlar beradi. 
Otning tilga kirishi qisman yozma adabiyotdagi masal qahramonlarini 
eslatadi. Dostonlarda ot obrazini yaratishda faqat mubolag‘a vositasidan 
foydalanib qolmasdan boshqa badiiy tasvir vositalari ham qo‘llaniladi. 
Masalan, otga nisbatan «tulpor», «xonazot», «jonivor», «bedov» kabi 
sifatlashlar ishlatiladiki, bu sifatlar qahramon otining qanday ot 
ekanligini o‘quvchi ongida yorqin gavdalantiradi. Qahramon otining 
uchqurligini «qush»ga, turli o‘yinlar ko‘sata olishini «qiz»ga 
o‘xshatiladi, bahodir oti uchqurliqda qushdan qolishmaydigan, qizlarday 
o‘yin ko‘rsata olish qobiliyatiga, ya’ni odam gapiga tushunish 
qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Dostonlarda o‘ta mubolag‘a bilan tasvirlanadigan epizodlardan biri 
an’anaviy jang epizodidir. Doston qahramoni maqsad tomon borarkan, 
yoki maqsadini amalga oshirib qaytarkan, albatta, bir to‘siq-g‘ovga duch 
keladi. Bu g‘ov qanday kuch bo‘lishidan qat’iy nazar, u dadil kurashadi. 
Xalq qahramoni behisob qo‘shinmi yoki hech narsa bas kelaolmaydigan 
g‘ayri tabiiy kuchmi, baribir ular ustidan g‘alaba qiladi. Son-sanoqsiz 


67 
dushmanga nisbatan qahramonning bir o‘zi jang qilishi va ularni qirib 
tashlashi o‘ta mubolag‘alidir. Bu bilan xalq bosqinchi dushmanlarga 
nisbatan o‘z idealidagi qahramonni ana shunday zarba berishini xohlaydi 
va uning qahramonligini shunday mubolag‘alashtiriladi. 
Masalan, «Malika ayyor» dostonidagi Avaz bilan Maqotilning 
to‘qnashuvini olsak. Dostonda katta-katta epizodlar mubolag‘a tarzida 
beriladi, hatto ba’zi obrazlar, jumladan, Maqotil obrazi mubolag‘a 
asosida bo‘rttirilib, grotesk darajasigacha ko‘tariladi. Mubolag‘alar 
poetik ideallashtirish mezonlarini qabul qilgan epik asarlar uchun suv va 
nur singari zarur. Usta dostonchi uni mohirligi bilan ishlatib o‘zi 
kuylayotgan Doston obrazlarining yorqin bo‘lishiga erishadi. Dostonda 
Avazxonga yo‘l-yo‘lakay duch kelgan Maqotil shu qadar bahaybat 
ediki, «...fil mingan, ikki oyog‘i chim yerni omochday tilgan, soqol-
murti o‘sib ketgan, aymashib kelib og‘zi-burnini bosib ketgan». 
Dostonda Maqotil obrazining o‘zi to‘laligicha mubolag‘a tarzida 
yaratilgan, Avazxon Maqotildan «Qayda borasan» deb so‘rasa, u 
shunday javob qiladi: 
Minib yurgan chigirtkaday oting bor, 
Qumursqaday sening bir jasading bor. 
Ola toying menga ta’til bo‘lmaydi, 
Senday odam rezgisi hech qolmaydi. 
Tur, yo‘lingga bora bergin bachchag‘ar! 
Men o‘ldirsam seni, ko‘nglim to‘lmaydi. 
Bu parcha mazmunidan ko‘rinadiki, Maqotil va Avaz, fil va 
G‘irotning tashqi ko‘rinishlari bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yilishi 
bilan Maqotilning vahimador savlati kishining esida qoladigan darajada 
gavdalantirilgan. Shuning bilan birga mubolag‘aning bu tarzda badiiy 
ishlanishi o‘quvchi va tinglovchining ijodiy qahramoni Avazga nisbatan 
mehrini oshirib, hayajon ham qo‘zg‘atadi. Kishi sabrsizlik bilan ular 
kurashining oqibatini kutadi. Ikkinchi tomondan, bu badiiy usul har 
ikkala qahramonning yakkama-yakka olishuv kartinasida Avazning 
qudratini nihoyat darajada bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu 
yakkama-yakka kurashda Maqotil avval uch botmonlik, so‘ng olti 
botmonlik va undan keyin to‘qqiz botmonlik cho‘yan so‘yil bilan 
Avazni uradi. Bu so‘yillar Avazning qalqoniga tekkan zamoniyoq 
tariqday bo‘lib tirqirab ketadi. Ko‘rinib turibdiki, Avazning dadilligi
jismoniy qudrati, umuman, tashqi va ichki dunyosi uning sifatlarini 
birin-ketin oldindan aytish yo‘li bilan emas, balki, voqealarning borishi 
jarayonida birin-ketin ochilib boradi. Bu esa asarning ta’sirchanligini 


68 
oshiradi. Shuning bilan birga tom ma’noda haqiqiy san’at darajasiga 
ko‘tariladi. 
Avazxon bilan grotesk darajasidagi Maqotil kurashar ekan, Avaz 
avliyolarga sig‘inadi. Maqotil esa: 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling