Firdavs-shoh
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
Qani sening karomating bilayin
Shul maydonda qo‘llamagin, ko‘rayin! Temirdan avliyo, go‘li choryor, Borgandan o‘rningdan bekor qilayin deb Avazning, u orqali xalqning avliyolarini tahqirlaydi. Uning bu ko‘pol so‘zlari o‘zining mubolag‘a tarzidagi gavda tuzilishiga, fe’l-atvoriga juda mos so‘zlar bo‘lish bilan birga ajoyib yumor namunasidir. Avazxon olmos qilich bilan Maqotilni chopib tashlagandan keyingi tasvir ham kuchli mubolag‘a orqali tasvirlangan: «Maqotil ikki bo‘linib, ag‘anab qoldi, birovning o‘n yetti botmonlik ishlatib qo‘ygan yerini tanasi bosib qoldi, qon daryoday oqib ketdi». Bu mubolag‘ali tasvir Avaz ko‘rsatgan qahramonlikning darajasini ham kuchaytirib ko‘rsatadi. Xalq o‘z qahramonining kuch-qudratini ko‘rsatish uchun kontrast tariqasida dushmanni bahaybat qilib tasvirlaydi. Xalq ommasining barcha ijobiy xislatlarini o‘zida mujassamlantirgan qahramon Maqotildek haybatli, katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan dushmanni yengadi. Arbotindan kelayotgan son- sanoqsiz qo‘shinga qarshi yakka o‘zi jang qiladi, har ikki qarshi kuchni mahv etishda xalqning sevimli qaxramoni Avazxon shu obrazni yaratgan xalq ommasining kuch-qudratini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun ham u dushmanni, qaysi bir ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar yengadi. Yana shu dostondagi Go‘ro‘g‘li obrazi uchun xarakterli bo‘lgan bir epizod: Shoqalandar Turkiston shahri tomon yo‘l olib, Qoratosh oldidagi toqqa siyosat qilib shunday deydi: Jafolar solganman tandagi jonga, Xazon bo‘lsa zog‘lar qo‘nar gulshanga. Ajalli kasratki tegar yilonga. Indan chiqib pishak bilan hazillar, Magar ajal qamsab kelsa sichqonga. Men Chirpib, otarman seni osmonga, Injilma, yo‘l bergin tog‘lar jodugar! Toqqa qilingan bu xitob go‘zal mubolag‘a va jonlantirish namunasi bo‘lish bilan birga, azamatlikni gavdalantirgan. Dostonda yana ana shunday folklorga xos chinakam, shunday parchani uchratamiz: 69 Shoqalandarning devlarga bergan zarbasi tasvirlanar ekan, shunday parchani o‘qiymiz: Talabkor deb qichqirib bul botirlar, Bab-barobar qo‘ydi otning boshini, Buni ko‘rgan togning aqli shoshadi. Bu parchadagi keyingi misralar jonlantirishning go‘zal namunasidir, ayni zamonda ajoyib bir mubolag‘adir: Boshidan aylantirib havoga otdi, Qalandar zarbidan G‘irko‘k bukildi. Qahrlansam qirov turar murtima, O‘zim o‘lmay kim keladi yurtima!? «Achchig‘i chillali qishday murtiga chappa qaytdi... Soqiga qarab har tebrandi, tebranganda, quymuchi yerga to‘rt enlik botdi». Ko‘ramizki, o‘rinli, kuchli mubolag‘alar, chiroyli o‘xshatishlar asarning badiiy qiymatini oshirib boradi. «Murodxon» dostonida bosh qahramon juda ko‘p qiyinchiliklar tortib, Guliston yurtiga borib, kampirga o‘gil tutinadi. Bir kun tunda uyqusi qochib, xovliga chiqsa shovqin ovoz eshitiladi. Bu nima ekan, deb tomga chiqib qarasa, «katta bir shahar, oy tuqqanday bo‘lib, oqshom yorug bo‘lib, olgan olib, sotgan sotib, nechovlari angrayib, osmonga qarab yotib, nechovlar bozor qilib, ketgan ketibyotir». Ertalab Murodxon buning sababini enasidan so‘rasa, u jinlar bozori deb Murodxonni aldaydi. Murodxon ishonmay tunda turib, bozorga boradi. Borib ko‘rsa, oltin to‘shakda bir ajoyib Parizod yotibdi, yuziga niqob tortilgan. Shu qizning yorug‘ligiga butun shahar yorug‘ bo‘lib, odamlar bozor qilib yottan ekan, mantiqan olib qaraganda, bu ortiq darajada mubolag‘a ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Har qanday go‘zal qizning xam jamoli nur taratishi, hatto tunda odamlar bozor qila oladigan darajada yorug‘lik berishi haqiqatta mutlaqo to‘g‘ri kelmagan narsa albatta. Lekin mana shu haddan tashqarii ortiqcha mubolag‘a xam dostonning qusuri emas, balki fazilati, aniqrog‘i, xalq eposiga xos badiiy shartlilikning mevasi hisoblanadi. «Gulixiromon» dostonini olsak, dostonda Avazning «kesilsin dushmanning boshi» deya janga kirib, ko‘rsatgan jasorati Shunday ifodalanadi: Ular ham bostirib keldi, Lochin yutganday bo‘lib, Avazxon bir yoqdan qiyratdi, Terak butaganday bo‘lib. 70 Ot arillab og‘zin ochdi, Dushman behad o‘qin sochdi… Qahramonning jang maydonidagi harakati, tezligi, dushman ko‘rgan og‘ir talofati go‘zal mubolag‘ali o‘xshatishlarda namoyon bo‘ladi. «Xiromon otasining qal’asiga miltiqning o‘qi aylanib yetar edi. Chap oyogini uzatib, devorga etagi tegib o‘tdi». Yoki «Yig‘ishtirib olganda yetti gaz qo‘li bor edi... shunday uzatdi, jilovidan ushlab G‘irotni to‘xtatdi». «Avazni lippasiga qistirib, G‘irotni ko‘tarib ketdi». «O‘n to‘qqiz chinorni tomir-pomiri bilan qulatib, Xiromonning shahriga otdi. Bir chinorii qo‘porib, kiftiga tashlab, shoxidan ushlab jo‘nadi». Mazkur personaj, ya’ni yalmog‘iz kampir bilan bog‘liq bo‘lgan grotesk detal va shtrixlar ta’rifida mavjud epik ko‘lam hamda pahlavonlar tasviridagi badiiy mubolag‘alar tizmasi ushbu dostonning mazmuni, uning janr belgilari, o‘ziga xos xususiyatlarining ochilishiga imkon yaratadi. O‘zbek xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, unda allegorik obrazlar ham juda mubolag‘ali tasvirlanadi. Masalan, «Shirin bilan Shakar» dostonida ajdahoning paydo bo‘lishi shunday tasvirlanadi: Pishqirib ajdaho damga tortadi, Chivin ko‘lning suvini birdan yutadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umuman, badiiy tasvir vositalaridan eng faol usul bo‘lmish mubolag‘a, mubolag‘ali tasvir xalq og‘zaki ijodiga, xususan, eposning ijobiy va salbiy qaxramonlari tasviriga xosdir. Mubolag‘a usuli dostonlarda keng o‘rin tutadi. Alpomish-Hakimbekning o‘n to‘rt botmon birinchidan qilingan yoyni dast ko‘tarib otishi, Rustamxon, Murodxonning qahramonliklari, Avazning Maqotilni o‘ldirishi, son-sanoqsiz dushmanga bas kelishi, Go‘ro‘g‘lining, ya’ni Shoqalandarning devlarga dashnom berishi, tog‘larni ham siljita olish darajasidagi qahramonliklari doston bosh qahramonlarining yengilmasligining isboti bo‘la oladi. Bu dostonlarda sinov motivi o‘ta mubolag‘a shaklida ifodalangan bo‘lib, bunda qahramonlik, mardlik, beqiyos kuch xalq orzusining umumlashma ifodasi sifatida ideallashtirilgan. Mubolag‘a usuli dostonlarning badiiy xususiyatini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling