Firdavs-shoh


 «Alpomish» dostonining badiiy masalalari


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

 
2.2 «Alpomish» dostonining badiiy masalalari. 
«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham xalqimiz og‘zaki ijodidagi 
eng mukammal asarlardan biridir. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va 
tajribali baxshi bo‘lgani uchun asardagi voqealarni bayon qilishda 
shoshilmaydi, har bir lavha ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki 
dunyosi, atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarni izchil 
ta’riflaydi. Tomoshabin ko‘z oldida jonli voqea tasvirini hosil etadi, 
qahramonning xatti-harakatlarini dalillashga alohida e’tibor beradi, 


58 
shuning uchun ham tinglovchi ko‘nglida doston mazmuni bilan bog‘liq 
yechilmagan jumboq qolmaydi. 
«Alpomish» dostoni mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash kabi badiiy 
vositalarga juda boydir. Masalan, Alpomishning yoshligi bilan bog‘liq 
mana bu lavhani olaylik: «Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy 
bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. 
Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni 
qo‘liga ushlab ko‘tarib tortdi, tortib, qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi 
yashinday bo‘lib ketdi, Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, 
ovozasi olamga ketdi». Lug‘atlarda og‘irlik o‘lchovi sifatida qayd 
etilgan «botmon» O‘rta Osiyo xalqlari orasida 2 puddan 16 pudgacha 
vaznga ega ekani ko‘rsatilgan. Agar har bir pud 16 kilogrammga teng 
ekanini nazarda tutsak, 14 botmon 224 kilogramm bo‘ladi. 7 yoshli 
Hakimbekning turli metall ma’danlardan quyilgan (birinchdan bo‘lgan) 
shu qadar og‘ir yoyni ko‘tara olishi, unga mos o‘q joylashi va o‘qni otib, 
katta tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborishi tinglovchida hayrat 
uyg‘otadi. Ammo tinglovchi mazkur voqeaning sodir bo‘lganiga 
mutlaqo shubha bildirmaydi. Chunki Hakimbekning dunyoga kelishini 
ilohiy kuchlar bashorat qilgandilar, Shohimardon pirining o‘zi qalandar 
qiyofasida kelib, Boybo‘rining yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Hakimbek deb 
nom qo‘ygandi. Mubolag‘ali o‘rinlar Hakimbek, to‘qson alplarning 
tog‘dek gavdalari, Barchin, Qaldirg‘ochning go‘zalligi tasvirida, 
botirlarning kurashlarida, otlarning poygasida juda o‘rinli yaratilgan. 
Dostonda ajoyib o‘xshatishlarni ham uchratamiz: 
Ostingda bedoving halloslar qushday, 
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday. 
Bu satrlarda uzoq masofani bir zumda bosib o‘tadigan Boychibor 
qushga, Alpomishning g‘azabi butun atrofni muzlatib yuboradigan 
qishga o‘xshatilyapti. 
Darhaqiqat, «Alpomish» dostoni badiiy barkamol asardir. Unda 
o‘zbek xalqi she’riy dahosining buyuk qudrati namoyon bo‘lgan. 
«Alpomish» dostonida boshqa dostonlarga nisbatan mubolag‘aviy uslub 
ustunlik qiladi. Bu asar xarakteridan, unda kuylangan voqealar 
ko‘lamidan kelib chiqqandir. Dostonda Alpomish tilidan shunday bir 
chiroyli mubolag‘a beriladi: 
Tikilsam quriydi daryoning gumi, 
Na’ra tortsam qular qo‘rg‘onning timi 


59 
Bunday mubolag‘aviy tasvir changallasa tog‘ni talqon qila oladigan, 
kuch-qudratda «kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalmoq alplardan ustun 
turgan Alpomishning azamatligini sifatlab bera oladi. 
Tog‘ tepasida turgan Alpomishning ko‘rinishi ajoyib o‘xshatishlar 
yordamida Qorajon tilidan shunday ta’riflanadi: 
Ostingda bedoving halloslar qushday, 
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday, 
Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday. 
Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?… 
Dostonda asar ruhiga mos, favqulodda yaratilgan ajoyib 
ko‘chimlarni, asarga go‘zal bir bezak bo‘lib tushgan chiroyli 
parallelizmlarni («Kechani munavvar qilar to‘lgan oy, Savashli kun 
tortiladi parli yoy…»), misralarni jilvalantiruvchi quyma badiiy vazifa 
bajarib keluvchi tovushlarni («Suvda bo‘lar suluv o‘tning suyrug‘i») 
istagancha topish mumkin. Asarda she’riy satrlar badiiy jihatdan shu 
darajada mukammal ishlanganki, ularning ko‘plari asrlar tajribasini 
o‘zida mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko‘tarilgan. Masalan: 
Davlat qo‘nsa bir chivinning boshiga, 
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga. 
Ot chopsa gumbirlar tog‘ning darasi, 
Urushda bilinar mardning sarasi 
kabi hikmatli so‘lar tez-tez uchraydi. Ma’lum bo‘ladiki, 
«Alpomish» dostonining o‘ta qiziqarli voqealardan tashkil topgan 
mazmuni so‘z san’atining go‘zal badiiy vositalari bilan bezatilgan holda 
tinglovchiga taqdim etilgan. Shuning uchun ham doston asrlar osha 
xalqimiz tomonidan sevib tinglanmoqda va o‘qib kelinmoqda. 
«Alpomish» «ozod, erkin, mag‘rur va go‘zal odamlar haqida 
to‘qilgan, shularni maqtab ko‘klarga ko‘targan, shu bilan odamlarning 
yuragiga yaqinlashgan» (Hamid Olimjon) dostondir. U o‘zbek xalqining 
ko‘p asrlik badiiy yodgorligi sifatida jahon madaniyati tarixida muhim 
o‘rin tutadi. 
Dostonda Alpomishning o‘z oilasiga qaytishini tasvirlashda baxshi 
doston eshitayotgan tinglovchilarga turli yo‘llar bilan hayotda ziyrak 
bo‘lishi kerak, degan o‘gitni ham berib o‘tadi, Xususan, Qultoy 
Alpomishning Alpomishligga ishonmaydi. Shundan keyin Alpomish 
chap yelkaidagi Qultoy panjasining dog‘ini ko‘rsatadi. Shundan keyin 
Alpomish Qultoy qiyofasida yurtdoshlar bilan uchrashadi. Bu 
ko‘rinishlar tasvirlangan doston sahifalari xuddi badiiy filmdagi ekran 


60 
lavhalarini eslatadi va har safar «Qultoy»da Alpomish belgilari namoyon 
bo‘ladi. 
Dostondagi Barchinoy bilan bog‘liq voqealer baxshilar tomonidan 
alohida mehr bilan bayon etiladi. U zukkoligi, tadbirkorligi, donoligi, 
mardligi jihatdan Alpomishdan qolishmaydi. Surxayil kampir o‘g‘illari 
Barchinoyni zo‘rlik bilan xotinlikka olmoqchi bo‘lganlarida, qiz 
alplardan birini ko‘tarib yerga shunday zarb bilan uradiki, alpning 
ogzidan ko‘pik sachraydi. Shundan so‘ng alplar Barchinga Alpomishni 
kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‘ladilar. Baxshi dostonda 
Barchin ishtirokini tasvirlashda juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘radi va 
uni eng go‘zal fazilatlarga ega ayol sifatida tasvirlaydi. 
«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham mukammal asar. Siz 
badiiylik deganda badiiy tasvir vositalaridan foydalanish ko‘laminigina 
tushunmasligingiz lozim. Chunki badiiylik tushunchasining o‘zi juda 
murakkabdir. «Alpomish» dostonida qabila-urug‘chilik munosabat-
larining tugallanishi va davlatning vujudga kelishi aks etgan dedik. 
Masalaning qo‘yilishi boshqa, uni badiiy mukammal holda ishonarli 
qilib tasvirlash boshqa. «Alpomish» dostoni asrlar davomida xalqimizni 
mardlik, qahramonlik, adolat, irodalilik ruhida tarbiyalab keldi. Mana 
shunday vazifani sharaf bilan bajarib kelgan asar, albatta, badiiylik 
talabiga javob bera oladigan bo‘ladi, ya’ni asar ijrosini tinglovchilar 
qiziqish bilan qabul qiladilar. 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo‘lgani uchun 
asardagi voqealarni bayon qilishda shoshilmaydi, har bir lavha 
ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki dunyosini, atrofdagi tabiat 
manzaralarini, voqea-hodisalarni izchil ta’riflaydi. Tinglovchi ko‘z 
oldida jonli voqea tasvirini namoyon qiladi. Asardagi qahramon xatti-
harakatlarini dalillashga e’tibor beradi, shuning uchun ham doston 
mazmuni bilan bog‘liq yechilmagan jumboq qolmaydi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling