Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida firmalar (korxona) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: - Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida firmalar (korxona) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
- bozorni har tamonlama o‘rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘ladigan talabni aniqlash va o‘z istiqbolini belgilash;
- mahsulotlarni reklama qilish, o‘rash, turli texnik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
- iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qilish;
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va moliyalashtirish;
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz.(1-jadval).
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
1-jadval
Bozor sub’ektlari
|
Sotish predmetlari
|
Sotib oladigan predmetlari
|
Davlat
|
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsen ziya, davlat tashkilotlari va muassalarining xizmatlari
|
Davlat va jamiyatga zarur bo‘lgan tovarlar (davlat boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan texnika yutuqlari va boshqalar
|
Firma (Korxona)
|
Tovarlar, xizmatlar, o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk
|
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, qimmatbaho qog‘ozlar va hokazolar.
|
Uy xo‘jaligi
|
Ishchi kuchi (mehnat), o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar
|
Iste’mol tovarlari, xiz-matlar, moddiy ne’matlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |