Firma va tarmoqning uzoq muddatli davrdagi muvozanati
Download 2.07 Mb.
|
Firma va tarmoqning uzoq muddatli davrdagi muvozanati
Kapital qo`yilmalar — qurilish yoki asosiy vositalar yoki nomodiy aktivlarni sotib olish va ularni foydalanishga topshirishgacha bo`lgan xarajatlar summasining yig`indisiga tengdir. Masalan, korxona qurilish olib borayotgan bo`lsa, qurilish bilan bog`liq barcha xarajatlar kapital qo`yilmalar hisobida aks ettiriladi.Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar — foiz yoki dividend ko`rinishda daromad olish maqsadida uzoq vaqt davomida o`zida saqlab turadigan qarz va ulushli qimmatli qog`ozlarni sotib olishga aytiladi. Uzoq muddatli debitorlik qarzlar — bir yildan ortiq muddatga korxona oldida qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.Asosiy mablag`lar va nomoddii aktivlar ularning to`liq boshlang`ich qiymati bo`yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag`lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to`liq to`laguncha yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo`lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo`li bilan amalga oshiriladi.Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar (fondlar) tarkibiga: - dastlabki qiymati belgilangan qiymatdan kam bo`lmagan (eng kam ish haqiga nisbatan belgilanadi); - bir yildan ortiq xizmat muddatiga ega mehnat vositalari kiritilgan.Qishloq xo`jaligida asosiy vositalar tarkibiga qiymatidan qat’iy nazar qishloq xo`jaligi mashina va asboblari, voyaga etgan ish hayvonlari va mahsuldor chorva mollari kiradi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishga taalluqli va noishlab chiqarishga taalluqli fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan noishlab chiqarish fondlaridan ham foydalaniladi. Ular xo`jalikning dam olish xonalari, hammom va dush kabi maishiy xaraktyerdagi bino-inshootlaridan tashkil topadi. Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmasada, ular fermer xo`jaligida mehnat resurslarining ishchi kuchini qayta tiklash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladiDownload 2.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling