Tadbirlari
Download 272.19 Kb. Pdf ko'rish
|
15 ma\'ruza
ISHLOVCHILARGA OID TIBBIY KO‘RIKLAR VA OLDINI OLISH TADBIRLARI. Tibbiy ko‘rik. Ishchi xodimlaming ayrimlarini davriy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mehnat muhofazasini tashkil qiluvchi me’yoriy hujjatlarda keltirilgan. Unga muvofiq ishlovchilar mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan korxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib turiladi. Quyidagi xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tib turadilar: - o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar; - oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar; - nogironlar; - mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; - oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar; - umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalaming bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlar. Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlaming ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi SogMiqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar va tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalami bajarmasalar korxona ma’muriyati ularni ishga qo‘ymaslikka haqlidir. Korxonada ishchi xodimlarning mehnatidan ulaming sogTig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanish mumkin emas. Ishchi-xodimning mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda sog‘lig‘i yomonlashsa ishchi navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega. Tibbiy koTikdan o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Davriy tibbiy koTiklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko‘rsatilgan koTiklardan tashqari transport vositalari haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy koTikdan o‘tadilar. Turli zaharli moddalar bilan ishlaganda bepul sut va himoyalovchi malham dorilar Davlat sanitariya Bosh vrachi va Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatmalarga asosan (19.03.1996 yil) beriladi. Ishlab chiqarishda mehnat og‘irligini hisobga olgan holda korxonalarda sogTiqni tiklash punktlari tashkil qilinadi, ularga dam olish xonalari, davolovchi, badan tarbiya va fizioterapiya boTimlari kiradi. Ishlab chiqarish gimnastikasiga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi- profilaktik ovqatlanishga keng o‘rin berilgan, bu esa o‘z yoTida zararlar ta’sirini yo‘qotish maqsadida olib boriladi. Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha xodimlarni sog‘lig‘ini tiklash va boshqa tibbiy profilaktika chora-tadbirlari amalga oshiriladi. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasiga asosan korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasb va ishlab chiqarish xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida mehnat shartnomasiga amal qiladigan davrda vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga ega. Agar xodim, o‘zining salomatligi yomonlashishini mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Download 272.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling