Tadbirlari
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Download 272.19 Kb. Pdf ko'rish
|
15 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Umumiy qoidalar
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasining “ Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida ”gi, “ Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida ”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va “ Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida ”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) qonunlariga asosan tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan (bundan buyon matnda vaqti- vaqti bilan deb yuritiladi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 44-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387-2, 07.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 11-modda) I bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan lavozimlarga ega bo‘lgan tashkilotlarga taalluqlidir. Oldingi tahrirga qarang. 2. Mazkur Nizom talablari boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan xodimlar toifasi uchun qo‘llanilmaydi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16- mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) 3. Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan ish beruvchi ushbu Kodeksga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarni, shu jumladan mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ishlardagi xodimlarni tegishli ravishda mehnat shartnomasi tuzish vaqtida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. 5. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash- profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli klinikalarida ham o‘tkazilishi mumkin. 6. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklar ish davomida o‘tkaziladi. 7. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Download 272.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling