Tadbirlari
II bob. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish
Download 272.19 Kb. Pdf ko'rish
|
15 ma\'ruza
II bob. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish
8. Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari (bundan buyon matnda hududiy DSENM deb yuritiladi) va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1-dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim bo‘yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzishi lozim. 9. Ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib hududiy DSENM va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzadi va tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatida tashkilot nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‘linma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta’siridagi ish staji ko‘rsatiladi. 10. Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy DSENM bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning kalendar rejasi tuziladi. 11. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega. 12. Dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar tashkilot tomonidan tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati bilan kelishi lozim. 13. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash- profilaktika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tibbiy komissiya tashkil etiladi. Tibbiy komissiya tarkibi vrach-terapevt, nevropatolog, oftalmolog, dermatovenerolog, otolaringolog, psixiatr, akusher-ginekolog va jarroh hamda boshqa mutaxassislardan iborat bo‘lib, ularning tibbiy komissiya tarkibiga kiritilishi vrach- terapevt tomonidan mazkur Nizomning 1 , 2 va 3-ilovalarida belgilangan talablardan kelib chiqib hal etiladi. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tibbiy komissiyaning raisi profpatologiya yoki kasb kasalliklari bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan vrach bo‘lishi lozim. 14. Ayollar yilda kamida bir marta akusher-ginekolog ko‘rigidan o‘tishi lozim. 15. Allergen moddalar ta’siriga duchor bo‘luvchi shaxslar terapevt, otolaringolog, dermatovenerolog ko‘rigidan o‘tishi hamda ular qonining klinik tahlili o‘tkazilishi lozim. 16. Xodimlar dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishda dermatovenerolog ko‘rigidan majburiy ravishda o‘tkaziladi, vaqti-vaqti bilan dermatovenerolog tibbiy ko‘rigidan o‘tishda esa, vrach-terapevtning ko‘rsatmasi bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi xodimlarda psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirishda xodimlarning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrach-psixiatri tomonidan amalga oshiriladi. Tuman vrach-psixiatri bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat (shahar, respublika) psixonevrologiya dispanserining vrach-psixiatrlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar xodim psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, unga bu haqda belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Agar xodim psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, unga vrach- psixiatrning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnomalar ushbu davolash-profilaktika muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi. 17. Yuqumli yoki parazitar kasallik tashxisini aniqlash uchun vrach- infeksionist yoki boshqa mutaxassislar jalb etiladi. 18. Tibbiy komissiya tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda xodimning kasbiy faoliyati xususiyatlari, tegishli kasb va mutaxassislik hamda mehnat sharoitlari bilan to‘liq tanishib chiqishi lozim. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi vrach va mutaxassislar ishlab chiqarish sohasining xususiyatlari va xodimlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasbiy patologiyani chuqur bilishlari shart. 19. Tibbiy komissiya tomonidan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularning kasbiy faoliyat yo‘nalishiga oid ma’lumotlarni qayd etish maqsadida har bir xodimga ambulator tibbiy karta (025-u shakli) yuritiladi. Ambulator tibbiy kartada tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda ishtirok etgan har bir vrach va mutaxassislarning xodimning kasbga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosalari ko‘rsatilishi kerak. 20. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimning ish joyi o‘zgargan taqdirda, xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan uning ambulator tibbiy kartasi (025-u shakli) xodimning yangi ish joyiga tibbiyot xizmatini ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasiga, agar u bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi. 21. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan xavfli, zararli moddalar, noqulay omillar ta’siri bilan bog‘liq ishlarga qo‘yish uchun qarshilik ko‘rsatuvchi umumiy tibbiy moneliklar inobatga olinishi lozim. 22. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan xodimning kasbga yaroqlilik masalasi bo‘yicha tibbiy komissiya mazkur Nizomning 1 , 2 va 3-ilovalarida belgilangan talablarni hisobga olgan holda o‘zining xulosasini beradi. Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra xodim xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ostida ishlashga yaroqsiz deb topilganda, unga bu to‘g‘risida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi beriladi va ushbu xulosaning nusxasi uch kunlik muddat ichida xodim ishlaydigan tashkilotga yuboriladi. 23. Tibbiy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra xodimga quyidagi davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirilishi lozim: kelib chiqishida kasbiy omil asosiy hisoblangan a’zolarda keskin bo‘lmagan o‘zgarishlar aniqlangan xodimlarni dinamik kuzatish va zarur davolash choralarini ko‘rish; aniqlangan kasalliklarning turidan kelib chiqib belgilangan tartibda xodimlarni statsionar va sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yuborish, shuningdek dam olish uylari, sanatoriylar va profilaktoriylarga yo‘llanma berish; sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazishda, ishning turi xodimning malakasini hisobga olib, ish beruvchi bilan kelishgan holda tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan belgilanadi. 24. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri mavjud ishlardagi xodimlarni dinamik kuzatish maqsadida ushbu xodimlar quyidagi differensiallangan guruhlarga ajratiladi: D1 — zararli ishlab chiqarish omillari ta’siri belgilari bo‘lmagan guruh; D2 — kasb kasalliklarining rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruh; D3 — kasb kasalliklari aniqlangan bemorlar. 25. Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasi bo‘yicha tibbiy komissiya tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma to‘rt nusxada tuzilib, hududiy DSENM, xodim ishlaydigan tashkilot va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuboriladi hamda bir nusxasi tibbiy ko‘rikni o‘tkazgan davolash-profilaktika muassasasida qoladi. 26. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida xodimda kasb kasalligi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan hollarda ushbu xodim tibbiy komissiya tomonidan kasallikning kasb bilan bog‘liqligini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli klinikalariga yuborilishi lozim. Bunda kasb kasalligining turi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 283-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi gradusini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasida keltirilgan Kasb kasalliklari ro‘yxatiga muvofiq aniqlanadi. 27. Hududiy DSENM lar tegishli ravishda kasb kasalligiga chalingan xodimlarni hisobini yuritadi. 28. Kasb kasalligiga chalingan xodimlar ushbu kasallik davri bo‘yicha dispanser nazoratida turadi va ular kasb kasalliklari klinikalarida har yili davolanishlari lozim. Download 272.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling