Firma va uning taskiliy-iqtisodiy asoslari


Download 98.47 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi98.47 Kb.
#1560509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Doniyorbek aka

Ikkinchi bosqich. Yakka tadbirkor tashqi iqtisodiy aloqalar qat nashchisi sifatida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Buning uchun u quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- ro‘yxatdan o ‘tkazish to‘g ‘risida ariza (pasport ma’lumotlari, manzili, telefoni va import qilinadigan mahsulot nomlari ko‘rsatilgan holda);
- ariza beruvchi pasportining nusxasi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
- ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan o‘tish kartochkasi;
- ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imini to ‘laqanligi to‘g‘risida to ‘lov hujjati.
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hujjatlar qabul qilingan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida tadbirkorni tegishli tartib raqami ostida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestriga kiritadi va unga import qilinadigan mahsulot nomlari ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g ‘risidagi guvohnomani beradi va bu haqda ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan o‘tish kartochkasiga yozib, uni tasdiqlaydi. Mazkur guvohnomaning amal qilish muddati bir yil. Ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imi eng kam oylik ish haqining bir barobari.
Uchinchi bosqich. Yakka tadbirkor tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida bojxona organida ham ro'yxatdan o ‘tishi kerak. Buning uchun yashash joyi bo‘yicha bojxona hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
- ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun ariza (doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan holda);
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to ‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasining nusxasi;
- ruxsat beruvchi tartib-qoidlardan o ‘tish kartochkasi.
Bojxona organi 2 kun ichida yakka tadbirkorning tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o’tkazilganligi to ‘g ‘risida ruxsat beruvchi tartib-qoidalar kartochkasining tegishli joyiga yozib, uni tasdiqlaydi.
To‘rtinchi bosqich. Tijorat bankida hisob raqamlar ochish. Bu jarayon yakka tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisob raqami ochilgandan keyin tegishli bank bo‘limi tomonidan ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan o‘tish kartochkasiga tegishli belgi qo‘yiladi. Tadbirkor har kuni import qilingan tovarlar sotilishidan tushgan tushumni belgilangan tartibda bank kassasiga topshirishi lozim. Bank tadbirkor talabiga ko‘ra uning hisob raqamida naqd pul bo‘lganda naqd pul berishi kerak. Tadbirkor xorijiy valutani tijorat banklarning almashtirish punktlarida belgilangan tartibda sotib olishi lozim.
Beshinchi bosqich. Chakana savdo qilish huquqini olish. Bunday huquq to ‘g‘risidagi guvohnoma yakka tadbirkorning faoliyat ko‘rsatadigan joyi bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi. Bir hafta mobaynida sotish bo‘yicha aylanma yoki inkassa tushumi qayd qilinmasa bank axboroti asosida soliq organining taqdimnomasiga ko‘ra mazkur guvohnomaning amal qilishi to ‘xtatib qo‘yiladi.
Ruxsatnoma (guvohnoma) bergan organ tadbirkor tomonidan tovarlar kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda chakana savdo uchun ruxsat beruvchi guvohnomaning amal qilishini tiklashi mumkin. Tadbirkor tovar uchun respublikadan tashqariga chiqqanda, guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaslik uchun soliq organini yozma ravishda xabardor qilishi zarur. Ruxsatnoma (guvohnoma) da ko‘rsatilgan savdo joyi o ‘zgarganda ham bu haqda soliq organiga xabar berishi kerak.

Download 98.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling