Firmani kontseptual strategik


Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi


Download 45.08 Kb.
bet4/7
Sana15.01.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1094147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK

Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi


Krizis vaziyat yuzaga chiqqanda mikrodarajadagi boshqaruvda tashkilot uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisoblanadi:



  • istiqbolli rejalashtirishni tashkillashtirish;

  • doimiy ravishda ichki va tashqi muhitni nazorat qilib borish, krizisdan olib chiqaradigan qat’iy choralarni ishlab chiqish;

  • rezervlarni tashkil etish - moliyaviy, moddiy;

  • ishlab chiqarishga sarf xarajatlarni kamaytirish;

  • diversifikatsiya;

Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi bo’lib, innovatsiyalashgan siyosatni olib borish hisoblanadi.
Zamonaviy menejerlar fikricha (iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi) faqatgina aktiv innovatsion siyosat tovarlarga, mahsulotlarga yangi texnologiyalarni investitsiyalar orqali jalb qilish krizis xolatdan chiqish muammosini ijobiy xal qilishga imkon beradi.
Shuni aytish lozimki korxonaning har tomonlama rivojlanishi va yaxshi faoliyat ko’rsatishida menejerlarning qobiliyatlari katta rol o’ynaydi. Misol uchun, iqtisodiyotning umumiy axvoli, bozor konyukturasi, bozor jarayonlardagi o’zaro aloqa masalalari va boshqalar.
Informatsion faoliyat taxlili shuni ko’rsatadiki bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritishning maxsusligidan kelib chiqqan xolda, ijtimoiy-iqtisodiy informatsiya, asosan bozor tomonidan tug’iladi. Bozor ishtirokchilari o’rtasida axborot almashuvi yuz beradi: ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida, banklar o’rtasida, informatsion markazlar o’rtasida. Bozor axborot vositalari orqali ishlab chiqarishni tartibga soladi va korxona rahbarlarining keyingi faoliyatlarini aniqlab beradi. Informatsiya yuqori talabga ega bo’lgan tovarga aylanishi yuz beradi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy o’sish faktorlaridan biriga va kamdan kam resursga aylanadi.
Mutaxassislar bu faktni bizning tsivilizatsiyamizga yangi rivojlanish bazasi sifatida kirib kelishi bilan bog’laydilar. Bunday informatsiya faqat vosita emas balki kuchli mustaqil faktorga aylanadi. Shunga bog’liq ravishda tashkilotga informatsion faoliyatga ahamiyat kuchaytirildi, avtomatlash-tirilgan informatsion sistemalar va informatsion bazalar yaratish kuchaytirildi.
Shuni aytish kerakki, korxona rivojlanishini informatsion ta’minoti ishlab chiqish jarayonida ichki va tashqi informatsiyaning taxlilsiz, sistemalashtirishsiz amalga oshirib bo’maydi:

      1. tashqi informatsiya:

  1. korxona faoliyati doirasidagi ilmiy-texnikaviy yutuq-lari xaqida ma’lumotlar;

  2. siyosatdagi o’zgarishlar, qonunlar, va boshqa o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

v) bozor konyukturasi holati xaqida informatsiya.

      1. ichki informatsiya

  • korxona joriy faoliyati holati bo’yicha iqtisodiy- statistik ko’rsatkichlar;

  • korxona ishlab chiqarish potentsiali ko’rsatkichlari;

  • yangi maxsulot yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari holat ma’lumotlari.

  • korxona rivojlanishidagi bashoratchilar ma’lumotlari - iste’molchilar kutilishi, bozor konyukturasi va boshqalar.

  • litsenziya, faoliyat, intellektual va hamda sanoat mulk ximoyasi holati to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • mehnat resurslari va kadrlar ta’minoti to’g’risida ma’lumotlar;

  • korxona ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha iqtisodiy-statistik ma’lumotlar;

Maxsus yo’naltirilgan tadqiqotlardan olingan natijalarga ko’ra xo’jalik sub’ektlariga korxonaning ijobiy rivojlanishini ta’minlab beruvchi maxsus bo’linma tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bo’linma mustaqil bo’lim sifatida yoki marketing reklama xizmatlari bo’yicha bo’limning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning umumiy taxlili, masalasi va funktsiyasini taxlil qilishda ularning faoliyatini asosiy yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
  1. asosiy masalalar

  • tashqi muhitning informatsiyalashgan marketingi

  • tashqi muhit talablariga moslashish bo’yicha korxona faoliyatida turli xil tadbirlar ishlab chiqish
  1. asosiy vazifalar

  • korxona rivojlanishining perspektiv rejalarini ishlab chiqish.

  • tovar-moliyaviy menejment

  • marketing

  • biznes-reja ishlab chiqish

  • potentsial investorlar qidirish

  • sanoat va intellektual mulkni xuquqiy potent ximoyasi

  • qonunlar monitoringi

  • ma’lumotlarni tahliliy-sintetik usulda tayyorlash.

Keyingilarga diqqat e’tiborni qaratadigan bo’lsak, bu erda birinchi navbatda
davlat nazorat tashkilotlari uchun mo’ljallangan korxona faoliyati to’g’risidagi majburiy axborotlar, tashqi va tijorat maqsadda tarqatiladigan maxsus axborotlar va boshqalar mavjud. Korxona o’zi xaqidagi ma’lumotlarni kataloglar, reestorlar, jurnallar orqali tarqatishi lozim. Bu esa o’z navbatida xaridorlar va hamkorlar ko’lamining kengayishiga sabab bo’ladi.
Korxona taraqqiyotini va minimal tavakkalchilikka borib yangi bozorlarni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan rahbar bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona rivojlanishini samarali boshqarishi, birinchi navbatda «rivojlanish bo’limi» oldiga aniq maqsad qo’ya bilishi lozim. Bunday bo’linmalarni asosiy tuzilmaviy unsurlarini va ularning vazifalarini keltiri-shimiz mumkin:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling