Firmani kontseptual strategik
Download 45.08 Kb.
|
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK
investitsiya sektori - buning vazifalariga istiqbolli soxalarga investitsiya qilish, investitsion faoliyatning samara-dorligini monitoring qilish va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish kiradi.
marketing sektori - bozor va kon’yunktura monitoringi, biznes-rejani ishlab chiqish va reklama. me’yoriy-texnik sektor - intellektual va sanoat mulkini patentlash va huquqiy himoya qilish, bozorda korxona mahsulotlarini raqobat kurashida ustunlikka erishishiga doir tavsiyalar berish. axborotni tayyorlashning tahliliy-sintetik sektori - axborot tahlili va xujjatli axborotlar sintezi: xujjatlarni o’rganish, ulardan eng muhimlarini ajratish, tashqi muhitga tarqatish u yoki bu shaklda umumlashtirilgan natijalarni tayyorlash. axborot resurslari sektori - axborot resurslarini yig’ish, tizimga keltirish va turkumlash; rahbar xodimlar uchun turli xil mavzulardagi axborotlarni tayyorlash. Ko’rsatilgan vazifalar belgilangan tuzilmalarni ajratish orqali detallashtirilishi mumkin. Bayon etilgan model yuqori texnologiyalar bozorida faoliyat ko’rsatadigan keng xizmat ko’rsatish doirasiga ega bo’lgan yirik korxonalarga mo’ljallangan. Shunday qilib, firma innovatsiya boshqaruvining nazariy modeli o’ziga quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: ratsionalistik innovatsion strategik tashkilotchilik madaniyati gumanitar analitik informatsiyalashgan antikrizis xodimlarni boshqarish Sifatni boshqarishga zamonaviy yondashishning mohiyati «iste’molchilar talabini qondirish» so’zi orqali ifodalanishi mumkin. Bu lozung odatiy bo’lmagan tarkibga ega: bunga ko’ra mijoz bu nafaqat oxirgi iste’molchi balki ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi hisoblanadi. Boshqa so’z bilan aytganda, har bir ishchining asosiy vazifasi bo’lib, texnologik jarayonning keyingi ishtirokchisi talablariga to’g’ri keladigan mehnat sifatiga erishish hisoblanadi. Sifatni boshqarishning bunday falsafasiga rioya qilish oxirgi iste’molchining talabini to’la qondirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimli yondashuv usulining asosi bo’lib hisoblanadi. Marketing tadqiqotlari asosida tizimli yondashishni qo’llandan oldin tovar va xizmatlarning chiqish parametrlari tuziladi, ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday sifatda, qanday xarajatlar bilan, kimga va qanday narxlarda sotish kabilar. Meyorlar bo’yicha tovar chiqishi raqobatbardosh bo’lishi lozim. Keyin esa kirish parametrlari ya’ni jarayon uchun qanday resurs va axborotlar kerakligi aniqlanadi. Resurs va axborotlarga talab tashkiliy - texnik va ishlab chiqarishning ijtimoiy darajasi: texnik darajasi, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, personalni boshqarish va tashqi muhit parametrlarini o’rganishdan keyin bashoratlanadi. Bunday holatda tovarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun: marketing tadqiqotlarining natijalari tovar etkazib berish vaqtiga eng so’ngi yangiliklarni ta’minlab berishi kerak; «kirish» tizimining a’lo sifatda bo’lishi; tashkiliy-texnik va ijtimoiy tizimlar sifatli «chiqish»da sifatli «kirish» tizimlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo’lishi kerak. «Chiqish» tizimining yuqori sifatini ta’minlash uchun birinchi navbatda «kirish» tizimini yuqori sifatini ta’minlash kerak. Keyin esa tashqi muhit va jarayonlarning yuqori sifatini ta’minlash kerak. Agar «kirish» sifati korxonada qoniqarli bo’lsa (korxona texnologiyasi, kadrlari, jihozlari), u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi. Agar «kirish» sifati a’lo bo’lib, jarayon sifati qoniqarli bo’lsa, u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi, ya’ni «chiqish» sifatining bahosi undan oldingi elementlarning eng past bahosiga teng bo’ladi. Download 45.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling