Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati
Menejment tizimida guruhlarning o’zgarishi va rahnamolik
Download 219.7 Kb.
|
Menejment tizimida guruhlarning o’zgarishi va rahnamolik.Menejment tizimidagi guruh-bu ikki yoki undan ziyod insonlar bo’lib, ulardan har biribir vaqtda boshqacha ta’sir ko’rsatadi va uning ta’sirini o’zi ham xis qiladi. Rahbariyat o’z ixtiyori bilan guruhlarni yaratadi, ya’ni firmadagi tashkiliy tuzilma bo’linmalaridir (hisobchilar, reja va boshqa bo’limlar). Bular rasmiy guruhlar. Rasmiy firma (tashkilot, korxona, korporatsiya) va guruhlar yaratilishi bilanoq, u yana ijtimoiy muhit bo’lib qoladi, unda rahbar istamagan yo’l- yo’riqlar bo’yicha xodimlar o’zaro ta’sir ko’rsatadilar. Ijtimoiy o’zaro munosabatlardan ko’pgina do’stona guruhlar, norasmiy guruhlar paydo bo’la boshlaydi, bularning barchasi bir bo’lib norasmiy firma (tashkilot, korxona) ko’rinishini oladi. Norasmiy firma-bu o’z-o’zini yuzaga keladigan insonlar guruhi, bunda ma’lum maqsadlarga erishish muntazam o’zaro ta’sir etadi. Rasmiy firmada biror o’zgarish o’tkaziladigan bo’lsa norasmiy firma qarshilik ko’rsatadi. Masalan, YAngi texnologiyani joriy etish guruhlarga ta’sir ko’rsatadi, mansablari, holatlari o’zgaradi. Buni sezgan kishilar xolis (ob’ektiv) bo’ladigan o’zgarishlar guruhlarga xavf soladi. Raxbariyat qarshilikni pasaytirish uchun qabul qilingan yechimda qatnashuvchilarni rag’batlantiradilar. Rasmiy firmadagi kabi norasmiy firmalarda ham o’z rahnamolari bo’ladi. Norasmiy rahnamo o’zining holatiga erishadi, ya’ni guruh a’zolariga o’zining munosabati bo’yicha mansabga ega bo’ladi va qo’llaydi. Bu yerda norasmiy rahnomani rasmiy firma rahnomasi kabi xodimlarga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Norasmiy rahnamo guruh maqsadiga erishishda yordam beradi, uni faoliyat ko’rsatishini qo’llaydi va mustahkamlaydi. Norasmiy firmalar rasmiy firma bilan vaqti-vaqti bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar, rahbarlar buni tushunishlari muhim. Norasmiy firmani boshqarish uchun norasmiy firmani mavjudligini tan olish va tushunib yetish kerak, ularni qo’rqitish o’rniga, ular bilan ishlash kerak. Norasmiy guruhlarning a’zolari va rahnamolari fikrini eshitish lozim, to’g’ri xulosa chiqarish foydali. Download 219.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling