Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Samarali boshqarish va ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) samaradorligini umumiy o’sishini ta’minlash


Download 219.7 Kb.
bet12/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Samarali boshqarish va ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) samaradorligini umumiy o’sishini ta’minlash.


Ishlab chiqarishni boshqarishda firmaning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatlari tizimini tuzish, ishlab chiqarishda operatsiya tizimini ishlab turishi va unumdorlikni boshqarishda majmui yo’l muhim ahamiyat kasb etadi.


Firmalarning ishlab chiqarish faoliyatlarini boshqarishga tizimli yondashish nima ekanligini tushunish uchun operatsiyali vazifa, operatsiyali tizim, firma (tashkilot, korxona) larni boshqarishning mohiyati, operatsiyali tizimning toifalari, operatsiyali vazifa bilan firmaning boshqa vazifalari orasidagi bog’liqlik, yuksak ishlab chiqarish va firma, raqobatlasha olish qobiliyati, ishlab chiqarish sohasida bosh yechimlar, xalqaro bozor sharoitida ishlab chiqarishning bosh yo’nalishi kabi atamalarni bilish kerak.
Firmada operatsiyali vazifa-tashqi firmalarga yetkazib beriladigan
mahsulotlar ishlab chiqariladi va xizmatlar bajariladi.
Operatsiyali tizim qayta ishlanadigan kichik tizimlar, ta’minlash kichik tizimlari va rejalashtirish va nazorat kichik tizimlaridan tashkil topgan. Operatsiyali tizimning asosiy maqsadi iste’molchilardagi ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot chiqarishda yoki xizmat ko’rsatishda ifodalanadi.
Firmalarni boshqarishning mohiyatiga ko’p sonli operatsiyali menejerlarning majburiyatlariga kiradi.
Operatsiyali tizimning toifalari: qayta ishlanadigan tizimlarning turi- loyiha, kichik hajmdagi, ommoviy ishlab chiqarish, uzluksiz jarayon; ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xususiyati bo’yicha-mahsulot (qurilish
pudratchisi,tipografiya, mahsulotni qayta ishlash), xizmat ko’rsatish (vrach- terapevt, transportni ta’mirlash shahobchasi, aeroport, radiostansiya).
Operatsiyali vazifa bilan firmaning boshqa vazifalari orasidagi bog’liqlik-bu o’ta muhim va murakkab ishchi munosabatlar. Ushbu munosabatlardagi samarali boshqarishni ta’minlash zarur. Kelishmovchilik va to’qnashuvlarni kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Xalqaro raqobat ishlab chiqarish sohasidagi “ishlab chiqarish- iste’molchilarning ehtiyoji” zanjiriga e’tibor berishga majbur qilmoqda, ya’ni “aniq vaqtda”, sifatni majmui nazorat tamoyili, ta’mirlov-oldini olish xizmatining majmui tamoyili kabilarga rioya qilish samara beradi. Omilkorlik bilan ishlash samaradorlik garovidir.
Firmada operatsiyali tizimini ishlab turishi ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, bashoratlash va ularni borishini nazorat qilish muammolari va
yechimini topilishi mutaxassisdan ko’p jarayonlarni bilishini talab qiladi.Masalan, ishlab chiqarishni tezkor boshqarish, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, zahiradagi resurs (material)larni boshqarish, loyihalarni boshqarish, loyihalarni boshqarish usullari, sifatni ta’minlash kabi yo’nalishlarni yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish firmaning ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik qilishning muhim ajralmas qismi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda taqvumli rejalashtirishning mazmuni va tavsifi muhim o’rin tutadi. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish operatsiyali tizimni umumiy ehtiyojlarning o’zgarishini hisobga olgan holda, qanday foydalanishi haqida yechim qabul qilishni ko’zda tutadi.Umumiy ehtiyoj-bu operatsiya tizimi ishlab turganda barcha mahsulot yoki xizmat ko’rsatishlarga bo’lgan talablar yig’indisi. Umumiy talablar odatda tizimini ish bilan ta’minlanganlik birligida o’lchanadi.
Samaradorlik (unumdorlik) ka juda ko’p omillar (materiallar yoki
resurslar, mehnat, sarmoya, energiya, texnika va transport, axborot va aloqa, energiya, rahbarlik, bashoratlash va rejalashtirish, tashkil etish, moyillik, yechim qabul qilish, nazorat va hokazolar) ta’sir qiladi. YUqori samaradorlikni bir-tekis ta’minlab turli boshqarish tizimining barcha vazifalariga va barcha bog’lovchi jarayonlarga taalluqlidir.
Butun firma (korxona, tashkilot, korporatsiya) samaradorligini oshirish uchun har bir bosqich rahbari o’zining har kunlik ishida rioya qilishi zarar bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotini boshqarishdagi yutuqlari, boshqaruv mehnatining samaradorligi, boshqaruv mehnatining samaradorligi,
boshqaruv mehnati unumdorligi, egiluvchan tizim va hakozolar keng qo’llanilishi samaradorlikni oshiradi.



    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling