Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Tashkilotda mehnat jamoalarini boshqarish


Download 219.7 Kb.
bet15/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Tashkilotda mehnat jamoalarini boshqarish


Rahbarning vazifasi o’ta keng qamrovli (rejalashtirish, tashkil etish,
…). U unumdorlik haqida ham o’ylashi kerak boshqa tashkilotlarga qaraganda uning tashkiloti unumliroq ishlashi lozim: mehnat resurslaridan
samarali foydalanishi (mehnat resurslarini rejalashtirish, mehnat mahoratlarini ro’yxat qilish, mehnat operatsiyalarini tahlil qilish, ish haqi, qo’shimcha imtiyozlar, ishning mazmundorligi, ...); mehnat resurslarini boshqarish (xodimlar bo’limi, mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish, ishga dam olish, tanlab olish, ish haqi va imtiyozlarni aniqlash, kasb tanlash va moslashuv, ta’lim berish, mehnat faoliyatini baholash, rahbar xodimlarni tayyorlash, yuqori lavozimga ko’tarish, pasaytirish, o’tkazish, bo’shatish).
Boshqaruvchi xodimlarni tayyorlash har xil kurslar, seminarli yoki rotatsiya (almashlab, belgilangan tartibda almashib) tashkil qilish yo’llari bilan amalga oshirilishi mumkin.

XULOSALAR




Menejmentning ob’ekti- xususiy firma, undagi odamlar, ularning vazifalari va boshqarish tizimi.
Menejmentning predmeti- firmada xo’jalik yuritishning barcha
pog’onalaridagi boshqarishning qonunlari, tamoyillari va munosabatlarini o’rganadi. Firmaning qismlari orasidagi bog’liqliklar, muhitlar, yechim qabul qilishlarni o’rganish menejmentning predmetidir.
Menejmentning maqsadi- firmadagi jamoaning ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarini o’rganib, firmani samarali faoliyat ko’rsatishiga yordam berishdir.
Menejmentning vazifalari- ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish); tijorat, moliyaviy, xavfsizlik faoliyati, tahlil qilish, hisobga olish, statistik hisobga
olish, ya’ni ekkaunting faoliyati; boshqarish faoliyatini amalga oshirish.
Firmani boshqarish maqsadiga erishish uchun resurslardan foydalaniladi. Resurs va maqsadlar orasidagi jarayonlar firmani boshqarish jarayoniga kiradi.
Foyda beradigan iqtisodiy faoliyat-biznesdir. Biznes faoliyati bilan
shug’ullanish bizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik deyiladi.
Tadbirkorlik- faoliyatdan foyda olish, o’z xususiy manfaati yo’lida tavakkalchilikka qo’l urish, ongli faoliyatdir, boshqalar manfaatiga zarar keltirish emas.
Tadbirkorlik biznes tarkibiga kiradi. Ijaraga berib foyda olish,
sudxo’rlik, aksiya olish kabilar biznesga kiradi. Ammo tadbirkorlikka kirmaydi. Tadbirkorlik ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishda, ijodkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlikdagi faoliyatni boshqarish masalalarini menejerlar amalga oshiradilar. Ular ma’lum kasb egasi, qism yoki bo’lim boshlig’i, yechim
qabul qilish bo’yicha firmaning ichki va tashqi munosabatlarini bunyod etishga rahbarlik sifatida qatnashadilar.
Tashkilot yoki firmada inson qimmatli “resurs”dir. Uning ishni bajarishga tayyorligi, xohishi (moyilligi) va bilarmonligi firma salohiyatini, muvaffaqiyatini belgilaydi. Chunki firmaning maqsadlari, masalalari, texnologiyasi, tashkiliy tuzilmasi va uning xodimlari ichki muhitini tashkil qiladi.
Firmaning tashqi muhitiga: qonunchilik va siyosat, ijtimoiy va madaniy ta’minlovchilar va texnologiyalar, iqtisodiyot va raqobatlarkiradi va ular firma faoliyatiga bilvosita ta’sir qiladilar. Firma e’tiqodli, ijodkor, ixtirochilar, ya’ni ma’naviy mahsulot bera oladiganlar, aql- zakovat mulkini
sifati qancha yuqori bo’lsa, ular firma muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadilar.
Axloq-oilada, jamoa va jamiyatdagi yurish-turish tamoyillari va me’yorlarining yig’indisi. Uni jamoa va jamiyat tartibga soladi.
Xulq- insonning belgilari yig’indisi, aqliy qobiliyati, zehni, xotirasining
kuchi, irodasi va sh.o’. Uni davlat organlari tomonidan tartibga solinadi.
Firma xodimlarining axloqi va xulqi, ishchi kuchi, mehnat vositalari, mehnat predmet iva texnologik jarayonlarni boshqarishda namoyon bo’ladi va munosabatlari darajasida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatadilar.
Mehnat predmetlari, ya’ni ashyo, mahsulotlar, ishchi kuchi, mehnat
vositalarini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, taqsimlash, hisobga olish, tahlil qilish, nazorat qilish, xarid qilish afzalliklarini reklama qilish kabilar menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday murakkab tizimni egallash va amalda joriy etish menejerlardan va menejmentdan katta bilimdonlik va bilarmonlik, xohish va iroda, faoliyatni amalga oshira olishga tayyorlik darajasi muhimdir.
Xodimlar va odamlar orasidagi ma’lumotlarni almashish va kommunikatsiya darajasidan unumli foydalanish zarur.
Uzatiladigan axborotlar, ularni jo’natuvchilari, to’plovchilari, mafkurasi, qabul qiluvchilari, g’oyalarini tushunishi, javob qaytarishi, tashkil etish, rejalashtirish kabilar firmada katta resursdir. Agar bknda komp’yuter va EHT, Internet va telekommunikatsiyalardan foydalana bilsalar katta resurs (moddiy, manaviy, vaqt) tejaydilar.
Menejment jarayonida qabul qilingan boshqaruv yechimi yoki firma faoliyatini boshqarishdagi mahsulot deb qarash kerak.
Firmada yechim qabul qilish har xil poronadagi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda individual mahorat va tashkilot (firam)da yechimni amalga oshirish tartibga bog’liq.
Vaqt o’zgarishi bilan vaziyatlar ham o’zgaradi. yechimlar muayyan holatga mos kelsa, tadbiq qilish mumkin. Aks holda ziddiyatli yo’lni aniqlash, ularni bog’olash, yakuniy tanlash va yangi ko’rsatma berish kerak. Bunda yechim qabul qiluvchining amali, ta’siri, obro’si, nufuzi katta rol’ o’ynaydi.
Amal yuqoridan beriladi yoki pastdan berilishi mumkin. U o’zgalar xulqiga ta’sir eta olish imkoniyatidir.
Obro’ tushunchasi amalning paydo bo’lishi degani emas.
Shaxsiy ta’sir etish-bu amalni egallab turgan kishisiga bo’ysunuvchilari tomonidan hurmat, yaxshilik va sodiqlik munosabatining darajasi.
Ta’sir-bu bir individni har qanday xulqi boshqa kishi xulqiga o’zgarish kirita olishidir.
Individga yoki odamlar guruhiga ta’sir eta olish qobiliyati-rahnamolik yoki sardorlikdir. U maqsadlariga erishish uchun ularni ishlashga unday olishdir.
Rahnamonaning shaxsiy sifatida ma’lum darajasida yaxshi odatlari mavjud bo’ladi (aql, bilim darajasi, tashqi ko’rinishi yaxshi fikr qoldirishi, halolligi, o’tkir zehni, faolligi, ma’lumoti va o’ziga ishonishining yuqori darajadaligi).
Rahbarlik odatiga ko’ra avtokrat, demokrat va liberal rahbarlar bo’ladi.
Rahbar mulohazani qayta baholashga, agar kerak bo’lsa mos ravishda o’z odatini ham o’zgartirishga doim tayyor bo’lishi kerak.
Ishlayotgan xodimlar o’zaro ongli xulqi, g’oyasi, qarashlari, manfaati bilan kelisha olmasligi to’qnashuvni ifodalaydi. U yakka kishilar, yakka kishi va guruhlar, guruhlar orasida bo’lishi mumkin.
To’qnashuv ruhiy zarba beradi kishiga. U tez-tez uchrab turadigan hodisa.
Kuchli ruhiy zarba kishi va firma uchun muammolar keltirib chiqaradi. Kishining samaradorligi pasayadi, muvaffaqiyatga putur yetadi,
kasallik ortadi.
To’qnashuvni tushuntirish, muvofiqlik (kompromis) mexanizmini qo’llash, umumtashkiliy maqsadlarni qaror toptirish usullari bilan bartaraf qilinishi mumkin.
Kishi firmaga kirib kelayotganida, unga qancha talab qo’yilsa, xodim ham firmaga turli xil talablar qo’yadi. K ishi mashina emas. K ishi samarali boshqarilishi kerak. Bunda uning tayyorligi, xohishi, ihlosi, xush ko’rinishi, rag’bati, kayfiyati, hafsalasi, ya’ni moyilligi bo’lishi kerak. Inson ko’nglini faoliyatga majbur etishga qaratilishi kerak. Bunda kishi xulqiga mo’ljallab ish ko’rishini ifodalaydi.
Tadbirkorlik davlat tomonidan tartibga solinadi. Buning uchun qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi. Maqsad xavfli holat paydo bo’lishini oldini olish va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rishga qaratilgan. Bunda nazorat oldi, joriy va yakuniy nazorat o’tkaziladi.
Menejer nazorat bajaradigan bo’lsa inson xulqini e’tiborga olish kerak. Xodimlar xulqiga ijobiy ta’sir etish uchun nazorat jarayonidan foydalanish kerak.
Xodim firmadan ko’pgina ehtiyojlarini qondirishni kutsa, firma ham xodimdan ko’pgina ish kutadi.
Rahbar yoki menejment boshqa firmalarga qaraganda o’zining tashkilotidagi mehnat jamoasidan samaraliroq foydalanishi haqida o’ylashi, boshqaruvchi xodimlarini har tomonlama yetuk bo’lishini ta’minlashi kerak.
Firmalarning ishlab chiqarish faoliyatlarini boshqarishga tizimli yondashishi tufayligina ularning samaradorliginiumumiy o’sishini ta’minlashga erishiladi. Bunda operatsiyali vazifa, operatsiyali tizim, firmalarni boshqarishning mohiyati, operatsiyali tizimning toifalari, operatsiyali vazifa bilan tashkilotlarning boshqa vazifalari orasidagi bog’liqlik kabi atama va tushunchalarni to’liq anglamoq va amalda qo’llay bilmoq zarur.


Download 219.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling