Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Download 219.7 Kb.
bet9/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16

Menejmentda moyillik faoliyati.


Firma yoki tashkilotda rejalar ishlab chiqilishi, maqsadga muvofiq tuzilma, samarali axborot uzatish, zamonaviy jihoz va uskunalar o’rnatilishi, innovatsion texnologiyalar bo’lishi mumkin. Ammo firma (tashkilot, korxona) a’zolari kerakli darajada ishlamasa (faoliyat ko’rsatmasa) lar barcha imkoniyatlar yo’qqa chiqariladi.


Xodim mashina emas, uni ishi kerak bo’lsa “ulash” mumkin bo’lsin. Xodim samarali boshqarilishi uchun uning malakaviy tayyorligi, xohishi, ixlosi, xush ko’rinishi, rag’bati, kayfiyati, hafsalasi, ya’ni moyilligi bo’lishi kerak.
Moyillik-bu kishini faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlar yig’indisi bo’lib faoliyatga chegara va shakl beradi, bu faoliyatga yo’nalish ko’rsatadi, ma’lum maqsadlarga erishish yo’lini mo’ljallaydi.
Moyillik tavsifini tushunish uchun inson ehtiyoji, sababi, rag’batlantiruvchi omillar, urinish, qat’iyat, halollik, biror maqsadga qaratilganlik kabi faoliyat tavsiflarini aniqlay bilish kerak.
Bir ishni xodim, har xil kuch sarflab bajarishi mumkin. Demak, har xil harakat qilishi mumkin. Moyillik kishi faoliyatini majbur etishga, ma’lum harakat qilish darajasida, ma’lum darajada qat’iyatlik, halollik bilan maqsadlarga erishishga qaratilgan kuchlarning yig’indisidir.
Moyillik jarayoni va quyidagi bosqichlardan iborat:

  • ehtiyojlarni paydo bo’lishi;

  • ehtiyojlarni bartaraf etish yo’llarini izlash;

  • harakatlar yo’nalishini aniqlash;

  • harakatni amalga oshirish;

  • rag’batlantira olish uchun harakatni amalga oshirish;

  • ehtiyojlarni bartaraf etish.

Bular o’zgaruvchandir. Shu sababli moyillikning mazmuniga va jarayoniga oid nazariyalar mavjud. Moyillik mazmunining nazariyasi inson ko’nglini faoliyatga majbur etishga qaratilgan. Moyillik jarayonining nazariyasi insonni ma’lum xulqga mo’ljallab ish ko’rishini ifodalaydi. Bunda maqsadga erishish uchun kimnidir rag’batlantirish jarayonidir. Ehtiyojlar rag’batlantirish bilan qondirilishi mumkin. Rag’batlantirishning mexanizmi, mazmuni, bahosi, yechimi o’rganilishi lozim.
Moyillik jarayoniga oid nazariyalarga kutish nazariyasi, maqsadlarni qo’ya bilish nazariyasi, boshqarishning partisipativ nazariyasi (tashkilot faoliyatida qiziqib qatnashish) kiradi.



    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling