Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Download 219.7 Kb.
bet5/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Firmani boshqaris h faoliyati.


Firma menejmentining loyihasini ishlab chiqishda boshqarish tizimidagi tashkilotlarning turlari, iqtisodiy axborot almashish, boshqaruv


yechimini qabul qilish, boshqarish yechimlarini ishlab chiqish usullaridagi holatlarni andozalash kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday tashkilot yetarli darajada murakkab texnik-iqtisodiy va ijtimoiy tizimni ifodalaydi, o’ziga xos alohidalik va maxsus xususiyatga ega bo’ladi. Buni quyidagi tavsifdan bilish mumkin (3-chizma).
Tashkilotning tuzilishiga yondashish boshqarishda muhim o’rin tutadi.
YOndashishlar mexanistik va organik belgilarda bo’ladi.
Mexanistik yondashish byurokratik tashkilotga sinonimdir.
Tashkilotni loyihalashga organik yondashish ishda o’ta mas’ulyatni talab etuvchi yechim qabul qilishda rasmiy qoidalar va protsedurlari o’rtacha foydalaniladi. Ushbu yondashish yangi, ilg’or texnologiya qo’llaniladigan, murakkab va o’zgaruvchan tashqi muhit mavjud bo’lgan sharoitlarda o’zining samaradorligini namoyish qiladi.
Organik yondashish elektron texnikada keng qo’llaniladi.
An’anaviy tashkilotni loyihalashda chiziqli va funksional deportamentatsiyaning kombinatsiyasidir. Tashkilot tashkiliy tuzilmasiga ko’ra eng oddiysi chiziqli boshqarishdir. Funksional tuzilmada rahbarlar faoliyatning muayyan bir sohasi ixtisoslashadilar va tegishli vazifani amalga oshiradi.
Divizion yoki bo’limli tashkilotlar ishlab chiqarish bo’yicha har bir
bo’linmaga o’z o’rnini aniqlashi va uning mahsuloti bozorda joyini topishi lozimligi bilan ifodalanadi.
Matritsali tashkilot yoki “mahsulot bo’yicha” boshqarish ancha murakkab bo’lib, u ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirish tizimi sharoitidagi an’anaviy chiziqli- funksional tizimning rivojlangan shaklidir.
Xodimlar bilan o’zaro munosabatlari bo’yicha tashkilotlar korporatsiyali va individualistik turlarda bo’lishi mumkin.
YAngilik qo’llanilishi (innovatsiya, bunyodkorli, yangilikni yuritish) bo’yicha tashkilotlar bo’lishi mumkin: edxokratik (dizayn, kelajakka belgisi
bor tashkilot), ko’po’lchovli, partisipativ (o’z-o’zini boshqarish organi), uddaburon tashkilotlar, bozorga yo’naltirilgan tashkilotlar.
Tashkilot faoliyatida iqtisodiy axborot almashish, yechim qabul qilish, boshqarish yechimlarini ishlab chiqish usulidagi holatlarni andozalash kabilar menejmentda muhim jarayonlardir.
Iqtisodiy axborot almashish jarayonida ma’lumot bir kishidan boshqasiga uzatiladi (kommunikatsiya sodir etiladi). Bunda qatnashuvchilarning har biriga talablar qo’yadi (ko’rish, eshitish va sh.k.larga ma’lum darajada ega bo’lishi kerak). Samarali iqtisodiy axborot almashish har bir tomondan ma’lum mahorat va bilim talab etadi.
Tashkilotda iqtisodiy axborot almashish jarayonida o’zaro, majlisda, telefonda, xat orqali, hisobot kabilarga ehtiyoj sezilganda, tashkilot ichida vertikal va gorizontal bosqichlar bo’ylab axborot almashiladi.
Iqtisodiy axborot almashish yechim qabul qilish, rejalashtirish, tashkil etish, moyillik va nazorat qilish kabi vazifalarni bog’laydi.

Download 219.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling