Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Download 219.7 Kb.
bet4/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Firmani boshqaris h faoliyati.


Firmani boshqarish faoliyati menejment tizimidagi korxonalarning turlari, menejment jarayonlarida iqtisodiy axborot almashish, menejment jarayonlarida yechim qabul qilish va boshqarish yechimlarini ishlab chiqish usulidagi holatlarni andozalash bilan shug’ullanadi.
Firmaning tuzilishiga yondashish boshqarishda muhim o’rin tutadi. Ular mexanistik (byurokratik), organik, an’anaviy, divizion, matritsali, korporatsiyali va individualistik belgilarda bo’ladi. YAngilik qo’llanilishi bo’yicha firmalar (korxonalar, tashkilotlar) bo’lishi mumkin edxokratik (dizayn, kelajakka belgisi bor firma), ko’po’lchovli, partisipativ (o’z-o’zini boshqarish organi), uddaburon korxonalar, bozorga yo’naltirilgan firmalar.
Firmada iqtisodiy axborot almashish muhim o’rin tutadi. Chunki ushbu jarayonda o’zaro, majlisda, telefonda, xat orqali, hisobot kabilarga ehtiyoj sezilganda, firma ichida vertikal va gorizontal bosqichlar bo’ylab axborot almashiladi. Iqtisodiy axborot almashish yechim qabul qilish, rejalashtirish, marketing, tashkillashtirish, moyillik va nazorat qilish kabi vazifalarni bog’laydi. Axborot almashishning asosiy vositalaridan biri komp’yuterdir.
Menejment jarayonlarida yechim qabul qilish-bu “markaz” atrofida firma hayoti, faoliyati aylanib turadi. yechimni boshqarish mehnatining mahsuloti deb qarash mumkin, uni qabul qilish esa ushbu mahsulotni yaratilishiga olib keluvchi jarayondir.
Firmada yechim qabul qilish har xil pog’onadagi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda individual mahorat va firmada boshqaruv yechimni amalga oshirish tartibiga bog’liq. Vaqt o’zgarishi bilan vaziyatlar ham o’zgaradi. yechimlar muayyan holatga mos kelsa, tadbiq qilish mumkin. Aks holda ziddiyatli yo’lni aniqlash, ularni baholash, yakuniy tanlash va yangi ko’rsatma berish kerak. Bunda boshqaruv yechimini qabul qiluvchining amali, ta’siri, obro’si, nufuzi katta ahamiyat kasb etadi.
Boshqarish yechimlarini qabul qilish usullariga boshqaruvchining
sezgisiga asoslangan usul (ya’ni uning tajribasi, bilim, to’g’ri yechim tanlashga yordam beradi), “sog’lom aql”, ilmiy-amaliy yondashishga asoslangan usul kiradi. So’nggi usul zamonaviy texnologiya va usullardan foydalaniladi.

    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling