Ғишт териш ишлари учун технологик карта
Kran osti to‘sinlarining o‘rnatish sxemasi
Download 0.97 Mb.
|
Matkarimov
Kran osti to‘sinlarining o‘rnatish sxemasi
1-chetki qator ustuni, 2-o‘rta qator ustuni, 3-kran osti to‘sini, 4-montaj krani, 5-kran xarakat yo‘nalishi va uni to‘xtash joyi, 6-suyama narvonlar, 7-montaj narvonlari, 8-tortqichlar, 9-yog‘och to‘shama, 10-extiyotlash trosi. Ferma va to‘sinlarni vaqtinchalik maxkamlash inventarp metall rasporkalar orqali bajariladi. Rasporkani bir uchi yerda, montaj qilinayotgan to‘sin yoki fermaga maxkamlanadi, ikkinchi uchiga arqon bog‘lanib, montaj qilingan yopma ustida turgan yetkazib beriladi. Montaj qilinayotgan tuzilmani ko‘tarish bilan birgalikda yuqoridagi montajchi rasporkani yuqoriga ko‘tarib oladi va uni oldin montaj qilingan ferma yoki balkaga maxkamlab qo‘yadi. Eng birinchi o‘rnatilayotgan balka yoki ferma xamma vaqt sim arqonlar bilan tortib maxkalanadi. Rasporka va sim arqonlar yopma plitalardan tashqari montaj qilinib maxkamlanishi mobaynida yechib olinadi. Balka va fermalarni montaj qilish davrida loyixada ko‘rsatilgan bog‘lovchi yoki rasporkalarni xam o‘rnatib ketiladi. Agar binoda fonar bo‘lsa, uning elementlarini to‘sin yoki ferma o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng montaj qilinadi. Yuqorida bajariladigan ishlar xajmini kamaytirish maqsadida fonar tuzilmalarini fermaga yoki to‘singa pastda montaj qilib ularning xammasini yaxlit element sifatida montaj qilish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Tashqi devor panellarini montaj qilish binoning sinchi ma’lum bir qismida yoki butun bino bo‘yicha montaj qilib bo‘lingandan so‘ng aloxida mustaqil potok asosida olib boriladi. Odatda tashqi devor panellari ikki ustun oralig‘ida pastdan yuqorigacha montaj qilinadi. O‘rnatilgan sokol panelini to‘g‘riligini geodezik asboblar yordamida tekshiriladi. Yuqoridan panellarni esa shovunlar, «shaytonlar» yordamida nazorat qilib boriladi. Tashqi devor panellarini o‘rnatish texnologik kartasi: devor panellarini transport vositalaridan tushirish; devor panellarini o‘rnatish; devor panellar choklarini to‘ldirish; choklarni elektr payvandlash; vertikal choklarni germetizatsiyalash; gorizantal choklarni to‘ldirish; choklarni chekanka qilish; Ish hajmi temir beton tuzilmalar spetsifikatsiyasiga asosan aniqlanadi. Choklarni elektr payvandlash hajmi o‘rtacha quyidagicha olinadi: ustunlar qadami: 6,0 metr bo‘lganda - 0,64 m 12,0 metr bo‘lganda - 1,00 m Gorizantal choklarni to‘ldirish devor panellarni o‘rnatish jarayonida bajarilgani uchun bu ish montajchilar ish vaqti normasiga kiritilgan. Shuning uchun vertikal choklarni to‘ldirish alohida hisoblanadi. Tashqi devor panellarni o‘rnatishda jarayonida quyidagi mashina, mexanizmlardan va boshqa moslamalardan materiallardan foydalanildi: - montajchi kran, strop, traversa, payvandlash apparati, temir shyotka, bolg‘acha, bosqon, universal strubtsina, podkos, asboblar solinadigan yashik, belkurak, nivelir teodalit, shovun, montajchilar lomi, reyka-shovun, temirdan yasalgan piramida panellarini taxlash uchun.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling