Ғишт териш ишлари учун технологик карта


Ustunlarni o‘rnatish sxemasi


Download 0.97 Mb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1708445
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matkarimov

Ustunlarni o‘rnatish sxemasi

Stropila osti va stropilali fermalar, to‘sinlar montaji ustun va poydevor choklariga qo‘yilgan beton qorishmasining mustaxkamligi 70% tashkil etilgandan so‘ng boshlanadi. Montaj tom yopmalari bilan birgalikda bir potokda olib boriladi. Agar binoda fonar bo‘lsa fonar tuzilmalarini montaj xam shu potokda qo‘shib olib boriladi. Stropila fermalar, yopma plitalarni bo‘ylama yoki ko‘ndalang usul montaj qilishmumkin. Birinchi xolda montaj qiluvchi kran montaj qilinayotgan yacheykadan tashqarida bo‘ladi, yopma plitani oldin montaj qilingan (to‘sin, ferma) tuzilma ustidan oshirib o‘tib montaj qiladi. Kranning ilgagini ilish nuqtasi yopma plitasining uzunligini yarmida bo‘ladi. Ko‘ndalang usulda kran montaj qilinayotgan yacheyka ichida turib yopma plitasini montaj qiladi. Bunda kranning ilgagini ilish nuqtasi yopma plitasining enini yarmida bo‘ladi. Bu hol yopma plitalarni montaj qilishda ancha yegil kranlarni ishlatish imkonini beradi. Yopma plitalarni ko‘ndalang usulda montaj qilish fonarsiz, kransiz, ferma va ustunlarning qadami 12 m bo‘lgan binolarni montaj qilishda tavsiya etiladi. Ferma va balkalarni transport vositalaridan olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyixadagi o‘rniga montaj qilish maqullanadi. Yopma plitasining uzunligi 12 m bo‘lsa, uni xam transport vositasidan olib, omborga tushirmay montaj qilinadi. Uzunligi 6 m li plitalar esa montaj qiluvchi kran xarakat zonasi terib chiqiladi, to‘sin va fermalarni ko‘ndalang yuzalariga chizilgan o‘q chiziqlarini ustunlarga chizilgan xuddi shunday chiziqlar bilan o‘zaro moslashtirib o‘rnatiladi. Shundan so‘ng tuzilmalardagi maxkamlovchi elementlarni payvandlab biriktiriladi. Stropila to‘sinlarini (fermalarini), stropila osti to‘sinlarini (fermalarini) va tom yopma plitalarini o‘rnatishda quyidagi mashina mexanizmlar va boshqa yordamchi moslama va materiallardan foydalaniladi:
Montajchi kran, to‘rt ilgakli strop, traversa, payvandlash apparati, tirama shoti, bolg‘acha, bosqon, montajchilar nomi, metr, ruletka, belkurak, asboblar solinadigan yashik, qorishma solinadigan yashik, nivelir, teodalit, metall rasporka, sim arqon, temirdan yasalgan to‘siq, moy qalam, moyli bo‘yoq, ferma, stropila to‘sinlarini omborxonada saqlashga mo‘ljallangan kasseta.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling