Reja: Montajchilarga topshiriq. Qurilish topshiriqlari va loyixalari
Download 59.5 Kb.
|
7-ma`ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Montajchilarga topshiriq.
7-ma`ruza. 4 soat. Mavzu: Loyihaning montaj va qurilish qismini tuzish. REJA: 1.Montajchilarga topshiriq. 2.Qurilish topshiriqlari va loyixalari. 3.Yenergetika resurslari bilan ta’minlashga topshiriq. Texnologik qurilmani loyixalashda xar xil ishlab chiqarish mataxassislari ishtirok etadi. Bularga montajchilar teplotexniklar, elektriklar, quruvchilar, suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaxassislari, isitish va ventilyatsiya, avtomatlashtirish, nostandart jixozlarni konstruktorlari, smetachilar kiradi. Bu mutaxassislar loyixalovchidan topshiriq olgandan keyin ish boshlaydilar. 1. Montajchilarga topshiriq. Montaj ishlarni bajaruvchi mutaxassislar injener texnologdan topshiriqni texnologik chizma xolida xamda oladi. Bu chizmada xamma apparatlar, jixozlar ko’rsatilgan bo’ladi, kerak bo’lsa apparatlarning joylashish balandligi xam ko’rsatilgan bo’ladi. Chizmada truba uzatgichlarning xarakteristikasi (diametri, ishchi va maksimal bosimi, temperaturasi), xamma zapor armaturalar (zadvijka, kran, ventillar), birlamchi nazorat o’lchash asbob apparatlari (klapan, diafragmalar, schetchiklar...) keltirilgan bo’ladi. Texnolog ishlab chiqarishni portlash – yonish va o’t olish toifasini SNiP 11-90-81 orqali aniqlab beradi. Texnologik topshiriq asosida jixozlarning komponovkasi va montaj si ishlab chiqiladi. Qurilmalar, inshootlar va jixozlarni oqilona joylashtirish quyidagi joriy norma va qoidalarni kuzatishni ta’minlaydi. 1) Ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik kuzatish. 2) Xamma kommunikatsiyalarning minimal imkoniyat og’irligini. 3) Loyixadagi ishlab chiqarish maydonlari va territoriyasidagi jixoz va binolarning minimal gabarit o’lchovlarini. 4) Ob’ekt eksplutatsiyasining ishonarli, xavfsiz va qulayligini. 5)Ob’ektda ta’mirlash ishlari o’tkazilishining qulayligini. 6) Binolarning ximoyalanganligini va ob’ektda qurilish – montaj ishlarining maksimal texnologik ko’rsatkichlarini. Texnologik qurilmalarning montaj-loyixalash ishlarini uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqichda, dastlabki qurilmalarning texnologik kommunikatsiyani o’rganib chiqish, birlamchi qurilish-montaj topshiriqlarini tuzish. Ikkinchi bosqichda kommunikatsiya va trubalarning joylashishini montaj larda aniqlash. Uchinchi bosqichda, loyixalashda montaj qismining ish xajmi o’rganilib, montaj lari va qurulmalarining spetsifikatsiyasi tuziladi va tugatiladi. Komponovkaga kiritishda, birinchi montajchi – loyixachi ekspluatatsiya xarakterga ega jixozlarni yoki texnologik jarayonlarning talabiga javob bera oladigan qurilmalarni binolarga joylashtirishni olib boradi. So’ng qolgan jixozlarni belgilangan tartibda joylarga ochiq xolda o’rnatishni ko’rib chiqadi. Komponovka asosan: texnologik chizmani, texnologik qurilmalarning spetsifikatsiyasini, loyixa qismini xamma texnologik topshirqlarini tuzishga xizmat qiladi. Planshetda texnologik qurilmalar plani 1:100, 1:50 yoki 1:25 masshtabda bo’ladi. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling