Reja: Montajchilarga topshiriq. Qurilish topshiriqlari va loyixalari


Energetika resurslari bilan ta’minlashga topshiriq


Download 59.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1491433
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma`ruza.

3. Energetika resurslari bilan ta’minlashga topshiriq.
Issiqlik bilan ta’minlashga topshiriq. Bu topshiriqqa quyidagilar kiradi:
1. Issiqlik ishlatuvchi apparatning nomi;
2. Issiqlik almashuvchi apparatlarni soni va ishlash vaqti;
3. Issiqlik beruvchi moddaning nomi va parametrlari (bosim, tem-ra);
4. Issiqlik beruvchi moddaning xar bir apparatga ketadigan miqdori va maksimal xamda 1 soatda sarflash miqdori;
5. Issiqlik oluvchi moddalarning nomi va parametrlari.
Elektr bilan taminlash uchun topshiriq. Bu topshiriqni tayyorlashda injener-texnolog birinchi navbatda elektr bilan ishlaydigan mexanizmlarni quvvatini (nasos, kompressor, aralashtiruvchi apparatlar, xavo bilan sovutgichlarni) aniqlaydi. Shuningdek topshiriqda elektr asboblar ishlaydigan muxitlarni xarakteristikasi (normal, o’tga xavfli, portlovchi, zanglatuvchi, issiq, changli, namlik) va shu apparatlar ishlaydigan imoratlarni xarakteristikasi beriladi.
Ventilyatsiya va isitish sistemasini loyixasi uchun topshiriq. Bu topshiriq qurilmalarni komponovkasi tugagandan keyin beriladi. Bunda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi: inshootning portlash va yong’inga xavfliligi sinfi, texnologik jarayonda ajralib chiqadigan zararli chiqindilar xarakteristikasi, gazlarni borligi, ortiqcha issiqlik, chang, namlik, bug’-gaz aralashmalarining kimyoviy xarakteristikasi. Bu zararli narsalarning chiqadigan joyi, apparat va jixozlarning tashqi yuzasining temperaturasi, ochiq yuzalarning maydoni, jixozlarning teploizolyatsiyasining ko’rinishi, binolar, qurilmalar va jixozlarning joylashish tartibi.
Kanalizatsiya va suv bilan ta’minlashga topshiriq. Bu topshiriqda apparatlarni sovutishga ketadigan suvni miqdori va kanalizatsiyaga tashlanadigan suvlarni miqdori ko’rsatiladi. Topshiriqda sovutiladigan moddalari xarakteristikasi, bosimi, temperaturasi va sovuq – issiq (ishlatilgan) suvni temperaturasi ko’rsatiladi. Aylanma suv sistemasidagi apparatlarni qaysi biriga sovuq suv berish kerakligi ko’rsatib beriladi.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling