Reja: Montajchilarga topshiriq. Qurilish topshiriqlari va loyixalari


Download 59.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1491433
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma`ruza.

2. Qurilish topshiriqlari. Qurilish topshiriqlari – konkret ob’ektlar uchun binolar va jixozlarni loyixalovchi arxitektor va quruvchi – injener tomonidan berilgan boshlang’ich ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Qurilish topshiriqlari bilan ishlovchilar – montaj loyixalovchilar, elektriklar, santexniklar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi mutaxassislar, xamda texnologlar kiradi.
Qurilish topshiriqlarining bajarilishi – unifikatsiya qilingan temir beton va beton elementlaridan tashkil topgan qurilish binolari va jixozlari ko’rinishida bo’ladi.
Binoga va keyingi injenerlik jixozlashga qurilish topshiriqlarining ikki ko’rinishi mavjud bo’ladi – birlamchi (boshlang’ich) va oxirgi.
Birlamchi qurilish topshiriqlarida qavat planlari va ishlab chiqarish binolari kesimlari va jixozlari grafik ko’rinishida aks etadi. Oxirgi qurilish topshiriqlarida birlamchi qurilish topshiriqlari va qo’shimcha loyixa qismini ishlash uchun axborotlar yig’iladi.
Qurilish loyixalari. NQIK va NKK larni loyixaviy ob’ektlarining qurilish qismi asosan to’rt bo’limdan iborat.
1.Genplan
2.Qurilish – arxitekturasi
3.Qurilish va ventilyatsiya
4.Suv ketish va kanalizatsiya
Quyidagilar qurilish loyixalarining asosiy printsiplariga kiradi.
1.Ishonarliylik – binolar va jixozlarning chidamliylik muddati.
2.Alangaga qarshiligi – personallarning maksimum xavfsizligi, bu quyidagi toifalarga bo’linadi.
A toifa (yonish, portlash xavfi) – ishlab chiqarishdagi yonuvchi gazlarning past portlash chegarasi xavo xajmining 10%, yonuvchi gazlar 28oS temperaturadan past;
B toifa (yonish, portlash xavfi) – yonuvchi gazlarning xavo xajmini 10%, yonuvchi gazlar temperaturasi 28 dan 61oS gacha;
V toifa (yonish xavfi) – yonuvchi parlar temperaturasi 61oS dan yuqori, yonuvchi changlar xavo xajmida 65 g/m3;
G toifa (portlamaydigan, yonmaydigan xavf) – qattiq, suyuq va gaz xoldagi narsalar yondirilib yoki utilizatsiya qilinib yoqilg’i sifatida ishlatiladi;
D toifa (yonmaydigan va portlamaydigan xavf) – sovuq xoldagi yonmaydigan narsalar va materiallar;
Ye toifa (portlash xavfi) – suyuq fazasi yonuvchi gazlar, portlovchi changlar.
3. O’rta chidamliylik - binolar va jixozlarning ochiq olov yoki uniformatsiyasiz yuqori temperaturaga bardoshligi.
4. Portlashga chidamliylik – bino ichi portlaganda qurilish konstruktsiyasining buzilish chegarasi.
5. Qurilishning zamonaviylashganligi – korxona ko’rsatmalarida oldindan binolar va jixozlarning joylashish imkoniyati.
6. Mexnat gigienasi va sanitariyasining kafolatlangan ko’rsatkichlari – temperatura, xavo almashinishi, xavo namligi.
7. Kam xarajatliylik – qurilishning minimal qiymatini kamaytirish.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling