Fiskal siyosat va uning mohiyati
O‘zbekistonda iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish
Download 28.15 Kb.
|
3-mavzu
5.3.O‘zbekistonda iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish
xususiyatlari Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai soliqlar hisoblanib, 2018-yildagi soliq siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: -davlatning fiskal manfaatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yukini yanada kamaytirish, bunda to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha soliq yuki alohida ahamiyatga ega bo‘lib, pirovard natijada ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkoniyat yaratildi; soliq ma’murchiligi yanada soddalashtirildi va soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash natijasida soliq tizimining shaffofligi oshirildi. Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida yuzaga keladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula olmaydi. Soliq munosabati bo‘lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat budjetiga mablag to‘plash jarayonini amalga oshiradi. Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir. Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta e’tibor beriladi: har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish; ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash; bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish; aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda “iste’mol savatchasi” ma’lumotlarini e’tiborga olish.4 Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalarga) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtai-nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. Hozirgi kunda soliqlar kodeksda 7 ta umumdavlat (respublika) soliqlari va 4 ta mahalliy soliqlar kiradi Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga karab to‘rt guruhga bo‘linadi: oborotdan olinadigan soliqlar; daromaddan olinadigan soliqlar; mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; 4 Yahyoyev Q. “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti”. T. “G‘afur G‘ulom” 2003. y. 25 bet. 66 -yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona va yer osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‘i va boshqalar kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘gri soliq yukini boshqalarga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to‘lanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi. “To‘gri soliqlardan to‘gridan-to‘gri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari to‘gridan-to‘gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir”*. Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham *Malikov T.S. Soliq va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. T.: “Akademiya”, 2002, 56-b. 67 budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xaqiqiy soliq to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga ustama ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga to‘lovlari kamayishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak. Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak beradi. Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. Download 28.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling