Qisqacha xulosalar
Budjet-soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri davlat xarajatlarini o‘z vaqtida va mo‘ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq tushumlarining yetarliligi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliq yukini kamaytirish
73
borasidagi siyosatni budjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan qo‘shib olib borilishini taqozo etadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning ijobiy samarasini soliqlarning turlarini ixchamlashtirilib hisobot va hisob-kitob mexanizmini zamon talablariga mos ravishda birlashtirib ularni taqdim etish muddatlarini isloh etilganligida ham ko‘rishimiz mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Davlat budjeti nima?
Budjet taqchilligining qanday turlari mavjud?
Davlat budetining g‘azna ijrosi nima?
Soliq yuki nima?
Budjet-soliq islohotlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?
74
Do'stlaringiz bilan baham: |