Toshken kimyo texnologiya insituti Yangiyer filali
Fan: Soliq va soliqqa tortish
Mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i
Qabul qildi:
Tuzdi:Bozorov Baxtiyor
Reja:
Qo’shilgan qiyat soliq.
Bu soliq nima uchun
Bu soliqning ahamiyati
- Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzcha: Maurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻis. solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
- Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- Qoʻshilgan qiymat soligʻis boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻisni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.
- Qoʻshilgan qiymat soligʻisni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.
- Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
- Tovarlar sotilganda, ish va xizmatlar bajarilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya‘ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot xaqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.
- 1992 yildan 1994 yilga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lib hisoblanar edi. 1994 yildan ular budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘lishdi. Keyingi davrlarda soliq hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli asta-sekin “hisobga olish-xisobvaraq” usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli faqat vositachilik va “O‘zdonmaxsulot” DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda “hisobga olish hisob-faktura” usuli qo‘llaniladi
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning “hisobga olish hisob-faktura” usulining mohiyati shundaki, korxona budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi. Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi: birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar xaqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak;
- ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar etkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi;
- uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak.
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |