Nazorat savollari
1. Biogeotsenologiya nimani o’rganadi?
2. Biogeotsenoz qanday qismlarga bo’linadi?
3. Biotsenoz nimalarni o’z ichiga oladi?
4. Ekotopga nimalar kiradi?
5. Ekosistemadagi organizmlarning ekologik guruxlarini tavsiflang.
6. Avtotroflar qanday organizmlar?
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika (morfologiya,
anatomiya, sistematika, geobotanika). – Toshkent: Ta’lim, 2010. – 288 b.
2. Суворов В.В., Воронова И.Н. Ботаника с основами геоботаники. - M.:
«Просвещение», 1979. – 560 с.
3. Тўхтаев А.С. Экология - Тошкент: Ўқитувчи, 1998. – 132 б.
4. Ипатов В.С., Кирикова Л.А. Фитоценология - С.-Пб.:Университет, 1997. – 360 с.
5. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1992. - 352 с.
6. P.Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development)
Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147.
7. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766.
8- amaliy mashg’ulot: Fasliy (fenologik) o‘zgarishlar. Yillik o‘zgarishlar (flyuktuatsiyalar)
Reja
1.Fenologiya haqida tushuncha
2. O’simlik jamoasining fasliy o’zgarishlari
3. Flyuktuatsiayalar
Tayanch so’z va iboralar: fenologiya, fenofaza, mavsumiy o’zgarishlar, flyuktuatsiyalar, fitoparazitar, zoogenetik, ekotopik, antropogen
1.O’simliklarning morfologiyasidagi mavsumga xos o’zgarishlarni o’rganuvchi fan fenologiya deb yuritiladi. Fenologiya bo’yicha ilk ma’lumotlar Rossiya podshoxi Pyotr I bilan bog’liq. U bepoyon Rossiya xududining qaysi qismlarida bahorning ertaroq kelishini bilish maqsadida Menshikov degan olimni ilmiy ekspeditsiyaga yuboradi va u qayerda o’simliklarning ertaroq rivojlanishini va uyg’onishini o’rganadi.
Jamoadagi har bir tur ma’lum vaqtda gullaydi, ikkinchisi esa ayni shu vaqtda meva va urug’ hosil qilgan bo’ladi. Natijada bir vaqtning o’zida o’simlik turlarining fenologik fazalari almashinadi. Aspekti navbatlashib o’zgaradi. Aspekt nima? Aspekt shu fitotsenozni tashkil etishda qatnashib ko’p uchraydigan, ko’proq ko’zga tashlanadigan turlarning yig’indisidir.
Gulli o’simliklarning turi bir vegetatsiya davrida bir qancha fazalarni boshidan kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |