Fitosenologiya
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“Fitotsenologiya” fani 5140100 – Biologiya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo‘yicha asosiy tanlov fanlaridan biri hisoblanib, ta’lim yo’nalishi o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy fanlardan – botanika, tuproqshunoslik va o’simlikshunoslik asoslari fanlari, umummetodologik fanlardan – milliy g‘oya, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, pedagogik texnologiyalar, amaliy xorijiy til, axborot tizimlari, psixologiya fanlari bilan bog’liq bo’lib, bo’lg’usi biolog mutaxassislarni o’simliklar qoplami, uning jamoalari haqidagi yetarli bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumiy o’rta maktablarda botanika va ekologiya fanlaridan yaxshi bilim berishlari uchun xizmat qiladi. Ushbu dasturda Fitotsenologiya fani predmeti, ob’ekti (tadqiqot sferasi) va fan sifatida rivojlanish tarixi, fanning asosiy yo‘nalishlari, tadqiqot metodlari, o’simlik jamoalari (fitotsenozlar), ularda borayotgan ichki jarayonlar, yaruslilik, suksessiya, sinuziya, fitotsenozlarning shakllanishi va almashinuvi to‘g‘risida umumiy tushuncha, fitotsenologiya fanining botanikaning boshqa bo‘limlari bilan uzviy bog‘liqligi to’risida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir o’simlik turining tabiatda, ya’ni qaysidir o’simlik jamoasida tutgan o’z o’rni bo’ladi, bu tasodifiy bo’lmaydi, aksincha, aniq qonuniyatlarga bo’ysungan bo’ladi. Bu qonuniyatlarni bilganimizdagina biz har bir o’simlikning o’zini tushuna olishimiz va undan oqilona foydalana olishimiz mumkin. Aks xolda tabiatga qattiq salbiy ta’sir o’tkazib qo’yish mumkin. Fitotsenozlarni, ularda borayotgan har qanday jarayonlarni esa fitotsenologiya o’rganadi.Fitotsenologiya fani tabiiy o’simliklar jamoalarini o’rganishdan tashqari, sun’iy fitotsenozlarni, ya’ni inson tomonidan yaratilgan agrofitotsenozlarni ham o’rganadi. Ulardan unumli foydalanish va maxsuldorligi oshirish choralarini ishlab chiqadi.Respublikamiz iqtisodiy tarmog’ining asosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari: g’o’za, bug’doy, arpa, makkajo’xori kabi madaniy ekinlardan olinadigan xom ashyolar ishlab chiqarish bo’g’inining asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari o’simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmatsevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuning uchun bu o’simliklarning fitotsenozlarini o’rganish, tabiiy zahiralarini aniqlash, ulardan oqilona foydalanish va ko’paytirishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan biolog va ekolog mutaxassislar uchun kerakli fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir.Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling