Fitosenologiya
Laboratoriyar mashg’ulotlari mavzulari
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fitosenologiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni
Laboratoriya mashug‘lotlari mazmuni O‘simliklarning hayotiy shakllari bo’yicha tasniflashni o’rganish. Geobotanik indikatsiya. O‘simlik jamoalarining tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish O’simliklarning fenologik fazalarini o’rganish O’simlik senopopulyatsiyalari va ularning yoshiga ko‘ra tarkibini o’rganish Geobotanik tasvir varaqalarini to’ldirish Fitosenologiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni “Fitosenologiya” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, u o’quv-uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta'minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. “Fitosenologiya” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan holda shakllantiriladi.
Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling